James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Yakuniy savol: Tarif va kvotalar kabi savdo cheklovlari mahalliy bandlik darajasini
oshiradimi? Cheklovlar fuqarolarning yuqori daromad darajasiga erishishlariga yordam
beradimi? Nega?


376
Element 2.7 ga qaytish
«Quyosh bilan adolatsiz raqobat» sahifasi Frederik Bastianing «Sham ishlab chiqaruvchilar nomidan arznoma» asarining
qisqartirilgan versiyasi bo'lib, u mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Qayta nashr qilish yoki tarqatish bo'yicha ma'lumot
uchun webmaster@econlib.org ga murojaat qiling.


377
Element 3.1 ga qaytish
«Siznikimas xo'jayinlik qilishga»
hikoyasi «Polkovnik Devid Krokettning
hayoti» kitobidan olingan
(qisqartirilgan versiyasi)
Mulohaza uchun savol: Qiyin ahvolda qolgan shaxs yoki oilaga yordamni kim bergani
ma'qulroq: davlatmi yoki o'z mablag'lari hisobidan odamlarmi?
Bir kuni Kongressning Vakillar palatasida xarbiy-dengiz floti taniqli ofitserining
bevasiga moliyaviy yordam tayinlash to'g'risida hujjat loyihasi muhokamaga qo'yiladi. Ushbu
hujjatni qo'llab-quvvatlab, bir necha chiroyli nutqlar yangraydi. Spiker masalani ovozga
qo'ymoqchi bo'lganda, Krokett o'rnidan turib, shunday deydi:
«Janob Spiker, Palatadagi har bir inson kabi mening marhum xotirasiga bo'lgan
hurmatim, azob-uqubatlarni boshidan kechirayotgan bevaga bo'lgan hamdardligim kam emas,
ammo biz marhumlarga bo'lgan hurmatimizni yoki aholining ba'zi qiynalgan qismiga bo'lgan
hamdarligimizni qolgan aholining muvozanatini buzish orqali amalga oshirishimiz adolatdan
emas. Men xayriya uchun ushbu mablag'ni ajratishga Kongressning vakolati yo'q ekanligini
isbotlash uchun bahslashmayman. Bu yerda yig'ilganlarning barchasi buni biladi. Biz shaxs
sifatida o'z pulimizdan istagancha xayriya qilishimiz mumkin, lekin Kongressning a'zosi
sifatida jamiyatning bir dollarini ham ajratishga haqqimiz yo'q. Bu yerda yangragan chiroyli
murojaatlarda bu bizning marhumning oldidagi qarzimiz ekanligi ta'kidlab o'tildi. Janob
Spiker, marhum urush tugaganidan keyin uzoq yashadi, u umrining oxirigacha mehnat qildi,
lekin men davlat uning oldida qarzdor ekanligi to'g'risida biror marta ham eshitganim yo'q.
Palataning har bir vakili bu qarz emasligini biladi.
Tartibni qo'pol buzmasdan turib, biz bu mablag'ni qarz sifatida ajrata olmaymiz. Buni
xayriya sifatida ajratishga bizda zarracha vakolat yo'q. Janob Spiker, avval aytganimdek, biz

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling