James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor erkinlikni talab qiladi
Muallif: Duayt Li
370 oqibati tufayli murosali tanlovning ahamiyatini ta'kidlash kabi yoqimsiz masalaga duch keladilar. Ammo boylik va erkinlik bor joyda murosali tanlovga zarurat yo'q; bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ular bir-birini mustahkamlab, umuman olganda, birisiz ikkinchisiga erishib bo'lmaydi (1) . Erkinlikni cheklashga olib keluvchi siyosiy qarorlar orqali boylik darajasini oshirishga urinishlar, ularning har ikkalasining kamayishi bilan yakunlanadi. Bozor erkinlikni talab qiladi Bozorning sehrli kuchi shundaki, u odamlarga boshqalarning harakatidan oladigan manfaatlari to'g'risida hamda boshqalar manfaatlari yo'lida o'z harakatlari bilan bog'liq xarajatlar to'g'risida ma'lumot berish imkonini beradi. Pirovardida, barcha foyda va xarajatlar subyektiv bo'lib, ular shaxsiy afzalliklar va vaziyatlarga bog'liq, o'z navbatida esa, ularni faqat shaxsning o'zi aniq baholay oladi. Bu foyda bilan bog'liq hollarda yaqqol ko'rinadi. Mahsulotni iste'mol qilgan yoki xizmatdan foydalangan shaxsdan boshqa yana kim olingan foyda qiymatini aniqroq baholay oladi? Biroq, agar foyda subyektiv bo'lsa, unda xarajatlar ham subyektiv bo'lib, ular shunchaki boy berilgan manfaatlarning qiymatiga teng. Ular subyektiv bo'lgani tufayli odamlar foyda va xarajatlar to'g'risidagi aniq ma'lumotlarni bir-birlariga faqat o'z ixtiyorlari bilan turli bozorlarga kirishlari yoki chiqishlari hamda o'zaro manfaatli narxlarda savdo qilishlari orqali yetkaza oladilar. Narx ustidan davlat nazorati bizning sotuvchi va xaridor sifatidagi erkinligimizni cheklaydi hamda o'zaro aloqalarni nazorat qilish orqali boylikni vayron qiladi. Markazlashgan rejalashtirish samarasiz, chunki odamlarda faqat ularda mavjud ma'lumotlar asosida harakat qilishga erkinlik yo'q. Agar ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarning bozor tanlovlari o'rniga siyosiy rahbariyatning markazlashgan boshqaruvi kelsa, iqtisodiy qarorlar axborot vakuumida qabul qilinadi. Samarali iqtisodiyot aholi orasida tarqoq tarqalgan ma'lumotlardan foydalanishni talab qilib, bu ma'lumotlardan shaxsiy erkinliksiz foydalanib bo'lmaydi. Erkinlikni yo'q qilish bozor iqtisodiyotining asosi bo'lmish ma'lumotlar oqimini yo'q qiladi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling