James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Elektr ustara
Tabiiy ofatdan jabrlanganlar bir-birlari bilan ham muloqot qilishlari zarur bo'ladi.
Bozor narxlari yagona amaliy uslub hisoblanadi. Falokat hududidagi har bir inson yetkazib
berilgan mahsulotlarni qadrlaydi, lekin odamlar bu mahsulotlarni eng samarali
foydalanadiganlarga berilishini xohlaydi. Narx nazorati jabrlanganilar o'rtasidagi muloqotni
tsenzura qilish orqali buning amalga oshishiga yo'l qo'ymaydi.
1989-yilda Xugo dovuli yopirilganda Janubiy Karolinaning Charlstonida istiqomat
qiladigan do'stim ushbu tsenzura zararini o'z ko'zi bilan ko'rgan. O'rtog'imning mahallasida bir
necha kun elektr energiyasi bo'lmaydi va shu sababli ko'p odamlar gaz bilan ishlaydigan elektr
generatorini olish tashvishiga tushadi. Afsuski, mahalliy xo'jalik mollari do'konida atigi ikkita
generator bo'lgan va narx nazorati sababli, ko'proq olib kela olmagan. Boshqalarga qimmatga
tushgan, lekin do'stimning oilasiga foydasi tekkan narx nazoratining yana boshqa muammosi
bor edi. Mahalliy xo'jalik mollari do'koni egasi uning otasi bilan yaxshi do'st bo'lganligi
tufayli, u gaz bilan ishlaydigan generatorlardan birini nazorat qilingan narxda sotib oladi.
Do'kon egasi generatorni yuqori narxda qonuniy ravishda sota olmasdi, shuning uchun uni
do'stiga sotishga qaror qiladi. Do'stimning otasi soqolini yana elektr ustarada ola olishidan
xursand edi. Afususki, shahardagi oziq-ovqat do'konlari minglab dollarlik mahsulotlarning
buzilishini oldini olish uchun elektr energiyasiga nihoyatda muhtoj edi. Agar narx nazorati
bo'lmaganda edi, ushbu do'konlardan biri generator uchun kattaroq narx taklif qilishi va shu


368
orqali u do'stimning otasidan ko'ra unga ko'proq muhtojligini (iste'molchilar nomidan) samarali
tarzda xabar berishi mumkin edi. Bitta odam soqol olish uchun sovun ko'pigini surtishdek
noqulaylikni boshidan kechirishiga to'g'ri kelishi mumkin edi, lekin uning yuzlab
mahalladoshlari aynimagan oziq-ovqatga bo'lgan talablari undan ham muhimroq ekanligiga
generatorning yuqori narxi orqali uni ko'ndira olgan bo'lar edilar. Albatta, narx nazoratisiz
barcha do'konlar va do'stimning otasi (agar hali ham generatorga muhtoj bo'lsa) elektr
generatorlarini darhol sotib olgan bo'lar edilar, chunki ular falokat hududidan tashqaridagi
mahsulot yetkazib beruvchilar bilan muloqotga kirisha olgan bo'lar edilar.
Tabiiy ofatlar narx nazoratidan yetkazilgan zararga yaqqol misol bo'ladi. Afsuski,
davlat qat'iy narxlar o'rnatishi tufayli ijtimoiy hamkorlikka va boylikka putur yetkazishini
oqlashi uchun tabiiy ofatlarga muhtoj emas. Davlat bir qator tovar va xizmatlarning narxi
ustidan nazorat o'rnatishi uzoq tarixga ega. Bunday nazorat tsenzuraning zararli turi ekanligi
keng tan olinmaguncha, ular ushbu siyosatni davom ettiraveradilar.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling