James d. Gwartney
Erkinlik bozorni talab qiladi
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bizning erkinligimiz himoyasiz
Erkinlik bozorni talab qiladi
371 Erkinlik va bozorlar o'rtasidagi bog'liqlik teskari tarzda ham amal qiladi. Bozor erkinlikka bog'liq bo'lgani kabi, erkinlik ham bozorga bog'liq. Albatta, har qanday bozor iqtisodiyotining asosi bo'lmish xususiy mulk shaxsiy erkinlikni himoya qiladi. Agar barcha auditoriyalar va bosmaxonalar davlatga tegishli bo'lsa, davlat siyosatiga qarshi fikr bildirishga qanchalik erkinsiz? Agar davlat ishlab chiqarish vositalarining barchasiga egalik qilsa, shaxsiy biznes ochish uchun siz qanchalik erkinsiz? Xususiy mulkning yo'q qilinishi va unga bog'liq bozorga putur yetkazilishi bilan erkinlik ham yo'qoladi. Ammo bozor ham erkinlikka qulay sharoit yaratish orqali uni himoya qiladi. Javobgarliksiz erkinlik bu shunchaki betakalluflik, beparvolik va yengillik bo'lib, u uzoqqa cho'zilmaydi. Haqiqiy erkinlik va yashashga qobil yagona erkinlik barchaning manfaatlarini hisobga oluvchi usullarda amalga oshiriladi. Bu talabga javob beruvchi yagona erkinlik bozor intizomlariga bo'ysunuvchi erkinlikdir. Bozorlarni yo'q qilsangiz, siz erkinlik yashashi uchun zarur javobgarlikni ham yo'q qilasiz. Masalan, atrof-muhit ifloslanishi muammolari atrof-muhitdan axlat tashlash uchun foydalanish bo'yicha bozorlarning yo'qligi bilan bevosita bog'liq. Agar shunday bozorlar mavjud bo'lganda edi, ifloslantiruvchilar boshqalarga ifloslanishdan yetkazilgan zararni qoplashlariga to'g'ri kelgan bo'lar edi. Ifloslantiruvchilarning boshqalar oldida mas'uliyati bo'lib, biz atrof-muhitga chiqindi tashlash erkinligiga toqatliroq bo'lar edik. Biroq bizda bu kabi bozorlar yo'qligi tufayli, biz atrof-muhitni ifloslantirishi mumkin bo'lgan faoliyatlarni davlat tomonidan cheklanishini, garchi hayotimizning boshqa sohalarida buni nomaqbul ko'rsakda, qabul qilamiz. Bizning erkinligimiz himoyasiz Biz barcha erkinliklarni kamdan-kam hollarda birdaniga yo'qotishimiz mumkin. Odatda u asta-sekinlik bilan yo'qotilib, odamlar buni ko'p hollarda sezmaydilar. Erkinlik bevosita cheklanganda ham, masalan, davlat iste'molchilarni himoyalash maqsadida kasbiy faoliyatni litsenziyalashni joriy etganda, kamdan-kam odamlar bunga e'tibor beradilar, agar e'tibor bersalar ham, cheklashlar ularga shaxsan ta'sir etadi deb hisoblamaydilar. Ammo Avstriyalik buyuk iqtisodchi F. A. Hayek ta'kidlaganidek, «Erkinlikdan oladigan manfaatlarim... asosan 372 boshqalarning erkinlikdan foydalanishi natijasidir» (2) . Masalan, agar odamlar sochning kimyoviy tuzilishi bo'yicha davlat imtihonlaridan o'tmasdan sartarosh bo'lish erkinligidan mahrum bo'lsa, bundan bo'lajak sartaroshlar emas, balki soch kestirishi kerak bo'lgan odamlar eng ko'p zarar ko'radilar. Bundan tashqari, erkinlikni yo'qotish jarayoni bilvosita sekin amalga oshishi mumkin. Bevosita cheklovlar erkinlikni doimo ayon bo'lganidan ko'proq cheklaydi, chunki har bir cheklov erkinlikka imkoniyat beruvchi bozor mas'uliyatiga sezilmaydigan ravishda putur yetkazadi. Tomas Jefferson quyidagilarni aytganda haq edi: «Abadiy hushyorlik — erkinlik bahosidir». Odamlar erkinlik va bozor o'rtasidagi uzilmas bog'liqlikni tushunganda, o'z erkinliklarini himoya qilishga, ehtimol, ko'proq hushyor bo'ladilar. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling