James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Yakuniy savollar: Savdo cheklovlari va soliqlar ayirboshlash erkinligiga qanday ta'sir
ko'rsatadi? Boylik yaratilishiga ular qanday ta'sir ko'rsatadi?
Element 2.7 ga qaytish
1. Men tabiiy resurslari tufayli katta boylikka ega va o'z fuqarolari erkinligini cheklovchi avtokratik siyosiy tizimga ega
mamlakat holatini hisobga olish uchun ushbu matnni moslashtirdim. Hatto shu holatda ham, erkinlikning yetishmovchiligi
mamlakatga resurslaridan to'liq foydalanishiga to'sqinlik qiladi va boylikni ko'paytirish yoki hattoki uni saqlash uchun zarur
unumdorlikka putur yetkazadi. 
↩ 
2. Qarang: F.A. Hayek, The Constitution of Liberty (Chicago: University of Chicago Press, 1960), 32-bet. 
↩ 
Duayt Lining «Bozorlar va erkinlik». Ushbu material «Creative Commons Attribution 4.0» xalqaro litsenziyasi asosida 
The
Foundation for Economic Education
 tashkiloti tomonidan taqdim etilgan.


373
Element 2.7 ga qaytish
Quyosh bilan adolatsiz raqobat
Mulohaza uchun savol: Siyosatchilar arzon import iqtisodiyot uchun zararli deb tez-tez da'vo
qilib turadilar. Ushbu matnni o'qiganingizda shu nuqtai nazar to'g'risida o'ylab ko'ring.
«Janoblar, siz to'g'ri yo'ldasiz. Siz mavhum nazariyalarni rad etasiz va arzonchilik
hamda mo'l-ko'lchillikka ahamiyat bermaysiz. Siz asosan ishlab chiqaruvchi manfaati
to'g'risida qayg'urasiz. Siz uni xorijiy raqobatdan himoya qilishni va milliy bozorni mahalliy
sanoat uchun saqlashni istaysiz.
Biz xorijiy raqobatchining chidab bo'lmas raqobatidan azob tortyapmiz, ko'rinishidan,
undagi yoritish vositalarini ishlab chiqarish sharoitlari biznikiga nisbatan shunchalik ustunki, u
mahalliy bozorimizni juda arzon narxdagi mahsuloti bilan mutlaqo to'ldiryapti. U paydo
bo'lishi bilan bizning savdomiz to'xtab qoladi — barcha iste'molchilar unga boradi; son-
sanoqsiz shoxobchalarga ega mahalliy sanoat tarmog'i birdaniga turg'unlikka uchraydi. Bu
raqobatchi quyoshning aynan o'zi bo'lib, u biz bilan shafqatsiz urush olib boryapti va
taxminimizcha, uni xoin Albion [tarj. izohi: Albion — Angliya] bizga qarshi ko'targan (hozirgi
kun uchun yaxshi taktika); o'sha kekkaygan orolga u qanchalik ehtiyotkorlik bilan qarasa, u
bizga shunchalik ko'p nurini sochadi.
Mamlakatimiz farovonligi uchun ishlovchi biz kabi maqtovga sazovor ishlab
chiqaruvchilarni davlat minnatdorchilik sifatida tengsiz urushda tark etmasligi kerak va
bizning zararimizga quyosh nuri uyga kirishi mumkin bo'lgan barcha derazalarni, tomdagi
derazalarni, yotoqxona derazalarini, tashqi va ichki deraza eshiklarini, pardalarni,
darpardalarni, kichkina yumaloq derazalarni, bir so'z bilan aytganda, barcha teshiklarni,
tuynuklarni, kovaklarni, yoriqlarni va oraliqlarni yopishni talab qiluvchi qonunni qabul
qilishingizni sizdan iltijo qilamiz.
Janoblar, ishonamizki, siz talabimizni kinoya deb hisoblamaysiz va uni qo'llab-

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling