James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Muallif: Duayt Li


390
qanday rol o'ynamaydi deb hisoblaydi. Yaqin haftalar ichida maqbul balansni o'rtanitsh
Kongressga havola». (Izoh. Ushbu tahririyat narx nazoratini tavsiya qilinmaganligini qayd
etish zarur deb hisoblayman).
Agar siyosatchilar energiya narxlarini nazorat qilishga harakat qilmaganda edi, ular
energiya ishlab chiqarish va tejashning «balansi to'g'risida kelishuv» topishlariga zarurat
bo'lmas edi. Ammo bu narxlarni nazorat qilishga kirishgani bilan, na siyosatchilar, na
boshqalar qancha energiya ishlab chiqarish va qanchasini tejash zarurligi to'g'risida biror aniq
ma'lumotga ega emas.
Har safar energiyaning mavjudligi to'g'risida xavotirga tushganimizda, energiyani
tejash yoki ishlab chiqarish to'g'risida bahslar kelib chiqadi. Bunday bahslar 1970-yillarda va
1980-yillarning boshida OPEK eksport cheklovlariga javoban sodir bo'lgan edi. So'ngra shu
yilning boshida OPEK neft ishlab chiqarish hajmini biroz qisqartirishi va Kaliforniyada siyosiy
sabablarga ko'ra elektr energiyasi taqchilligining yuzaga kelishi yana bahslarga sabab bo'ldi.
Tomonlardan biri biz kichikroq avtomobillarni haydashga o'tishimiz, jamoat transportidan
ko'proq foydalanishimiz, yuqori energiya tejamkor jihozlardan foydalanishimiz, uy va ish
joylarimizni yaxshiroq izolyatsiya qilishimiz va ularni yozda issiqroq, qishda esa salqinroq
tutishimiz zarurligini uqtiradilar. Ikkinchi tomon esa biz taraqqiyotga faqat tejash bilan erisha
olmasligimizni va shu sababli energiya ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun neft va ko'mir
qazib chiqarishni, elektr va atom stantsiyalari qurishni ko'paytirishimiz zarur degan fikrni ilgari
suradilar.
Albatta, har ikkala tomonning xolis ishtirokchilari tejash va ishlab chiqarish o'rtasida
biror balansga kelishish zaruratini tan oladilar. Biroq, ikkala tomonning har biri aynan
o'zlarining siyosiy taklifi to'g'ri balansga olib kelishiga yoki ikkinchi tomonning taklifi noto'g'ri
balansga olib kelishiga ishontirishga harakat qiladi.
Qaysi tomon haq? Ishlab chiqarish va tejashning eng optimal balansi qanday? Hech
kim bunga aniq javob bera olmaydi. Hech kim! Kolumbiya okrugining Vashington shahridagi
yoki boshqa yerdagi biror bir shaxs yoki guruh biz qancha energiya tejashimiz yoki ishlab
chiqarishimiz zarurligi to'g'risida tushunchaga ega emas.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling