James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Muallif: Duayt Li


394
uchun ming-minglab mahsulotlarning iste'moli va ishlab chiqarishiga ta'sir ko'rsatadigan tom
ma'nodagi millionlab narsalarni bilishlari kerak bo'lar edi. Shunda kimdir qo'l siltab, bu
talablarni bajarishning imkoni yo'q deb hisoblashi mumkin.
Ma'lumotlarni uzatish muammoning bir bo'lagi xolos. Ma'lumotlar odamlarga yetkazib
berilgan taqdirda ham ularni munosib hatti-harakat qilishga, boshqalarning farovonligi
to'g'risida o'zinikidek qayg'urishga rag'batlantirish kerak bo'ladi.
Biroq, ijtimoiy hamkorlik mavjud bo'lganiga nisbatan ancha mukammal ma'lumotlar
tarmog'ini va oddiy insonlarda noyob bo'lgan hamdardlik darajasini talab qiladi deb xulosa
qilishdan oldin, biz ayni ijtimoiy hamkorlikdan har kuni manfaat ko'rishimizni hisobga oling.
Haqiqatan ham, bu shunchalik odatiyki, unga ko'pchilik e'tibor ham bermaydi.
Bu qanday sodir bo'ladi?
Boshqalarning vaziyatlari to'g'risida bevosita ma'lumoti kam ega yoki unga qiziqishi
bo'lmagan milliardlab odamlarning intilishlarini nima uyg'unlashtiradi? Buning javobi odamlar
xususiy mulk va ixtiyoriy ayirboshlashning bozor qoidalari doirasida o'z maqsadlari yo'lida
harakat qilganida vujudga keladigan ma'lumotlar va rag'batlarda yotibdi.
Xususiy mulk va erkin ayirboshlash sharoitlarida xaridorlar va sotuvchilarning o'zaro
munosabatlaridan yuzaga keladigan narxlar juda ko'p ma'lumotni o'zida mujassam etadi.
Mahsulot narxi uning qo'shimcha birligining boshqa xaridorlar uchun bo'lgan qiymatini aks
etadi. Agar Braziliyalik yoshlar jinsi kiyimni balandroq qadrlasa, ularning qo'shimcha xaridlari
ushbu ma'lumotni paxta mahsulotlari narxining biroz ko'tarilishi ko'rinishida dunyo bo'ylab
tarqatadi. Shu mahsulotlarni xarid qilmoqchi bo'lgan xaridorlar mahsulotning boshqalar uchun
qiymati oshgani to'g'risida darhol biladilar. Narxlar turli mahsulotlarning nisbiy
yetishmovchiligini va ularning qo'shimcha ishlab chiqarish xarajatlarini ham ifoda etadi.
Bozor narxlari odamlarni boshqalarning manfaatlari haqida o'zlariniki kabi
qayg'urgandek harakat qilishga undaydi. Iste'molchilar Braziliyalik yoshlar tufayli narxlarning
ko'tarilishiga javoban quyidagicha fikrlaydi: «Braziliyalik yoshlarning bizga aytishicha, ular
jinsi kiyimidagi qo'shimcha paxtani bizga nisbatan yuqoriroq baholaydilar; shu sababli
Braziliyaliklar uning iste'molini ko'paytirishlari uchun biz o'zimiznikini kamaytiramiz». Yoki


395
agar paxta teruvchilarning sog'lig'iga salbiy ta'sir to'g'risidagi dalil iste'molchilarga ma'lum
bo'lsa, ular yuqoriroq narxlarga shunday javob qaytaradilar: «Paxta dalalarida sog'lig'i xavf
ostida bo'lgan terimchilarning sonini kamaytirish uchun biz paxta mahsulotlari iste'molini
kamaytiramiz va xavf ostida ishlashga rozi terimchilarga kompensatsiya tariqasida ko'proq
to'laymiz».
Shubhasiz, iste'molchilar bu tariqa ish yuritishlari tagida ular hech qachon
uchratmaydigan odamlarga bo'lgan g'amxo'rlik emas, balki birinchi navbatda shaxsiy
manfaatlar yotadi . Haqiqatan ham, yuqori narxlar iste'molchilarga paxta mahsulotlari
qadrining oshish sababi to'g'risida hech qanday ma'lumot bermaydi. (Albatta, muhim
ma'lumotlar narxlarning pasayishida ham mujassamlashgan bo'ladi). Bozor narxlarining
samaraligiga sabab ular iste'molchilarni ahamiyatsiz ma'lumotlar bilan chalg'itmaydi.
Narxlar mahsulot yetkazib beruvchilarni ham boshqalarning manfaatlari yo'lida harakat
qilishga chorlaydi. Shubhasiz, yuqori narxlar mahsulot yetkazib beruvchilarga
iste'molchilarning mahsulotga talabi oshganligi to'g'risida ma'lumot beradi. Mahsulot
ta'minlovchilarda munosib ish tutishga rag'bat kattadir. Agar iste'molchilar kamroq miqdordagi
mahsulot istasa, ular ham ta'minlovchlarga yoqmaydigan shu ma'lumotni yetkazadilar.
Iste'molchilar ta'minlovchilarga ma'lumotlarni bilvosita ish kuchi, yer, asbob-uskunalar,
yarim tayyor tovarlar va xom ashyo (ishlab chiqarish resurslari) narxlari orqali yetkazadilar.
Masalan, to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning xom ashyo uchun to'laydigan
narxlari ular yordamida ishlab chiqarish mumkin bo'lgan boshqa mahsulotlarning
iste'molchilar uchun bo'lgan qadrini aks ettiradi. Agar boshqa mahsulotlarning qadri oshsa, bu
ma'lumotni to'qimachilik korxonalari xom ashyo narxlarning ko'tarilishi (boshqa sanoatlarga
jalb qilinishi sababli) orqali biladilar. To'qimachilikda ishlab chiqarish kamayadi, ba'zi ishlab
chiqaruvchilar esa bankrot bo'lishi mumkin. Mahsulot ta'mihnlovchi ishlab chiqarishini
qisqartirganda yoki bankrot bo'lganda, u go'yo o'yladi: «Iste'molchilar menga mening
resurslarim boshqa sohalarda qadrliroq deb xabar beryapti. Shuning uchun boshqalar
resurslardan samaraliroq foydalanishi uchun men ulardan kamroq foydalanaman».

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling