James d. Gwartney


Bozorni muvaffaqiyati uchun ayblash


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Bozorni muvaffaqiyati uchun ayblash


396
Bozor orqali uzatiladigan ma'lumotlar va rag'batlar natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy
hamkorlik mukammal emas. Lekin odamlarga bir-birlari bilan samarali hamkorlikda o'z
maqsadlariga yetishishlari uchun imkoniyat yaratishda hech qaysi iqtisodiy tizim bozor tizimi
bilan tenglasha olmaydi. Bozor tizimi tanqidga asosan muvaffaqiyatsizligi uchun emas, balki
muvaffaqiyati uchun uchraydi. U odatda taqchillik to'g'risida ogohlantirganligi uchun
ayblanadi. Taqchillik hech kimga yoqmaydi, lekin bunga bozorlar aybdor emas. Haqiqatda esa,
bozorlarning ajoyib xususiyati shundaki, u eng qodir ishtirokchilarni harakatga undaydi.
Taqchillikka bozorlarni ayblash xuddi yong'in bo'lganda yong'inga qarshi signalizatsiyani
ayblash kabidir.
Taqchillik muammosi abadiydir. Biroq, bozor orqaligina amalga oshirish mumkin
bo'lgan ijtimoiy hamkorlik taqchillik muammosini boshqa har qanday tizimga qaraqanda
yaxshiroq boshqarishga imkoniyat beradi.
Yakuniy savollar: Bozor narxlari odamlarni bir-birlari bilan hamkorlik qilishga
undaydimi? Shaxsiy manfaat bozorlar faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadimi? Bozorlar orqali
ijtimoiy hamkorlik qilish resurslardan eng samarali usulda foydalanishimiz uchun muhimmi?
Tushuntirib bering.
Element 3.8 ga qaytish
1. Adam Smit ijtimoiy hamkorlik tushunchasini «ko'rinmas qo'l» misolida asoslab bergani bizga yaxshi tanish. Ma'lumot
uchun «The Wealth of Nations» (New York, Modern Library, 1937 [1776]) asarining 423-sahifasiga murojaat qiling. 
↩ 
2. Ushbu bo'limni kengroq tushunish uchun o'quvchilarga F.A. Hayekning «Individuallik va iqtisodiy tartib» nomli kitobida
(Chicago: University of Chicago Press, 1980 [1948]) keltirilgan «Jamiyatda bilimdan foydalanish» maqolasini o'qish tavsiya
qilinadi. Menimcha, bu iqtisodiyot bo'yicha yozilgan eng muhim maqolalardan biridir. 
↩ 
Duayt Lining «Ijtimoiy hamkorlik va bozor». Ushbu material «Creative Commons Attribution 4.0» xalqaro litsenziyasi
asosida 
The Foundation for Economic Education
 tashkiloti tomonidan taqdim etilgan.


397
Element 3.10 ga qaytish

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling