James d. Gwartney
Saylov tizimiga bog'liqlik
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Saylov tizimiga bog'liqlik
Ayrim mamlakatlarda qonun chiqaruvchilarni proportsional vakillik tizimi asosida saylaydilar. Bunda turli partiyalarning parlamentda egallagan o'rinlar soni ularning partiyalari olgan ovoz ulushiga proportsional bo'ladi. Yana boshqa mamlakatlarda qonun chiqaruvchilar majoritar saylov tizimi asosida saylanadilar. Bunda har bir saylov uchastkasidagi bitta o'rin eng ko'p ovoz olgan nomzodga beriladi. Proportsional vakillik tizimida parlamentda ko'proq kichik partiyalar paydo bo'lib, bu parlament saylovlaridan keyin boshqaruv koalitsiyasini tuzishni murakkablashtiradi. Qarorlar qabul qilish jarayoni odatda sust kechib, ko'pincha samarasiz murosalarni o'z ichiga oladi. Hukumatning barqarorligi odatda pasayadi, chunki bir yoki bir necha partiyalar hukumatni qo'llab-quvvatlamay qo'yishi bilan tahdid solishlari mumkin. Ammo majoritar saylov tizimida ozchilik guruhlar geografik jihatdan ma'lum saylov uchastkasida ko'pchilikni tashkil qilmasalar, ular parlamentda vakillikdan umuman mahrum bo'lishlari ham mumkin. Bundan tashqari, majoritar saylov tizimi hukumat koalitsiyasida bo'lmagan vakillarning saylov uchastkalariga qarshi geografik favoritizm muammosini chigallashtirishi mumkin. Bu muammoni detsentralizatsiya yo'li orqali mahalliy hokimiyatga katta vakolatlarni berish bilan kamaytirish mumkin bo'lib, bunda aholi boshqaruv koalitsiyasining geografik chegarisidan tashqarida bo'lganda ham mahalliy hokimiyat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Parlamentda ozchilik vakillarining chetda qolish muammosini bartaraf etish uchun parlament tizimida odatda proportsional vakillik saylovi afzal ko'riladi. Proportsional saylov qoidasiga asoslangan parlament tizimi ko'pincha majoritar qoidaga asoslangan tizimga nisbatan qamrovliroq bo'ladi. Proportsional vakillikning yana bitta afzalligi shundaki, u maxsus jamoat mollari o'rninga universal jamoat mollarini qo'llab-quvvatlaydi, chunki saylovda raqobat faqat muhim uchastkalarda ovoz olishga emas, balki umuman ko'proq ovoz 402 olishga qaratilgan bo'ladi. Bu ozchilik manfaatlarini himoya qilish uchun ham afzaldir. Biroq prezidentlik tizimida proportsional vakillikda yuzaga keladigan partiyalarning tarqoqligi parlamentning prezident vakolatini nazorat qilish qobiliyatini kamaytiradi. Nazorat qilinmagan prezident yakka hokimga aylanish xavfi borligi tufayli ko'pchilik parlament AQSH va Chilidagi kabi majoritar tizim orqali saylanganda prezidentlik demokratik tizimi afzalroq deb hisoblaydi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling