James d. Gwartney
Ukraina uchun qaysi tizim ma'qulroq?
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Ukraina uchun qaysi tizim ma'qulroq?
Ukrainadagi yarim-prezidentlik tizimida vazirlar Oliy Radaga bo'ysunadi, lekin mahalliy hokimiyat rahbarlari prezident tomonidan tayinlanadi. Vakolatlarning bunday bo'linishi Ukrainada kamida uchta sababga ko'ra muhim muammo tug'diradi. Birinchidan, u hukumat ichida vazirlar va mahalliy hokimiyat rahbarlari o'rtasida ziddiyatlarning davom etadigan holatni yuzaga chiqaradi. Ikkinchidan, prezident kam ovoz oladigan hududlarda o'zi tayinlagan mahalliy amaldorlar bilan bog'liq korruptsiya holatlariga uncha e'tibor bermasligi mumkin. Buni tushungan ushbu hududlardagi saylovchilarning aksariyati prezidentga qarshi bo'lishi mantiqqa to'g'ri keladi. Shu sababli bu vaziyat Ukrainadagi prezident siyosatining hududiy qutblanishining muntazam oshishiga sabab bo'lmoqda. Uchinchidan, mahalliy hukumatning prezident tomonidan nazorat qilinishi saylovchilarning mahalliy hokimiyatda yangi istiqbolli milliy liderlarni aniqlash qobiliyatini pasaytiradi. Muvaffaqiyatli demokratik mamlakatlarning ko'pchiligida saylangan mahalliy hokimiyat vakillari milliy rahbar sifatida kuchli nomzod ekanliklarini mahalliy homikiyatda sifatli xizmatlari orqali isbotlashlari mumkin. Ammo Ukraina prezidenti mahalliy hokimiyat rahbarlarini tayinlab, vazifasidan ozod qila olgani uchun, u ushbu vakolatdan unga qarshi kuchli raqobatchi nomzod bo'lishi mumkin bo'lgan mahalliy liderlarni lavozimidan bo'shatishda foydalanishi mumkin. Demak, Ukrainada yarim-prezidentlik tizimi demokratik raqobatni zaiflashtirishga moyil. Hozir Ukraina jamiyatda korruptsiyaga qarshi kurashishga o'zining bor kuchini sarflashga tayyor milliy liderga muhtoj. Agar prezident va bosh vazirning ikkalasi hokimiyatning katta qism amaldorlarini tayinlash huquqiga ega bo'lsa, ularning ikkalasi ham 403 yirik korruptsiya bilan bog'liq janjallardan isnodda qolishi mumkin. Agar Ukraina xalqi jamiyatning barcha jabhalarida korruptsiyani fosh qilishga o'zini to'liq bag'ishlagan prezidentni xohlasa, unda prezident davlat mulozimlarini tayinlash huquqidan butunlay ozod qilinishi lozim. Bu haqiqiy parlament tizimiga o'tishga kuchli asos bo'lib, u hukumat amaldorlarini to'liq Oliy Radaga, viloyat va tumanlardagi mahalliy amaldorlarni esa tegishli viloyat yoki tuman kengashlariga bo'ysundiradi. Ukraina uchun Avstriya yaxshi namuna bo'lib xizmat qilishi mumkin. Avstriya prezidenti xalq tomonidan saylanadi, lekin uning hukumatni nazorat qilish vakolati juda cheklangan. Hukumat uchun bevosita mas'uliyatdan ozod qilingan Avstriya prezidentlari jamiyat manfaatlarining faol himoyachilariga aylandilar. Natijada, avstriyalik prezidentlar tezda mashhur bo'lib, ular odatda ko'pchilik ovoz bilan qayta saylanadilar (hattoki prezident Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling