James d. Gwartney


Boshqaruvning prezidentlik va parlament


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Boshqaruvning prezidentlik va parlament
tizimlarini taqqoslash


399
Dunyodagi barcha demokratik jamiyatlar prezidentlik yoki parlament tizimiga
asoslangan. Albatta, mukammal demokratik tizimning o'zi yo'q. Har bir demokratik tizimning
o'z afzallik va kamchiliklari bor. Keyingi ikki qismda biz prezidentlik va parlament tizimlarini
taqqoslaymiz hamda ularning parlamentni saylash qoidalariga bog'liqligini qarab chiqamiz.
(Ushbu muhokamaning xulosasi maqola oxiridagi jadvalda keltirilgan).
Prezidentlik demokratiya tizimida ijroiya hokimiyatining rahbari (prezident) qonun
chiqaruvchi hokimiyatdan (parlament) alohida saylanadi. Shu sababli parlament prezidentni
vakolatidan mahrum qilish huquqiga emas. Faqvqulodda holatlarda impichment chorasi
bundan mustasno.
Parlament tizimida ijroiya hokimiyat rahbari (bosh vazir) parlament tomonidan
tayinlanadi va, shu bilan birga, parlament ishonchsizlik ovozi bilan ijroiya hokimiyatini
tarqatib yuborish huquqiga ega. Demak, parlament tizimida ijroiya va qonun chiqaruvchi
hokimiyat konstitutsiyada alohida bo'linmagan.
Agar parlament tizimida hokimiyatni ko'pchilik koalitsiyasi nazorat qilsa, u qarorlarni
tez va samarali qabul qila oladi. Agar bosh vazir qonun chiqaruvchi ko'pchilikka tayansa, u
hokimiyatni uni qo'llab-quvvatlovchi qonun chiqaruvchilar o'rtasida adolatli taqsimlash
yo'lidagi obro'sini saqlab turishiga harakat qiladi. Hukmron parlament koalitsiyasi a'zolarini
hukumatning davomiyligiga bog'liq bo'lgan qonun loyihasini ishonch ovozi bilan qo'llab-
quvvatlashga undash mumkin. Natijada, prezidentlik tizimidagi partiyalarga nisbatan
parlament tizimidagilar intizomliroq va jipslashganroq bo'ladi.
Prezidentlik tizimida prezident uni qayta saylanishini qo'llab-quvvatlaydigan
homiylarga imtiyozlar berishga moyil. Natijada, parlament tizimidagiga nisbatan sustroq
nazoratni his qilgan qonun chiqaruvchilarning ko'magiga erishish uchun qonun loyihalariga
alohida imtiyozlar («bochkadagi yog'» siyosati) kiritishga to'g'ri keladi.
Parlament tizimida agar hech qaysi partiya ko'pchilikni tashkil etmasa, unda birgalikda
ko'pchilikni tashkil etadigan partiyalar hukumatni tuzish bo'yicha biror kelishuvga
kelmaguncha hukumatda falaj vaziyat davom etishi mumkin. Bu ko'pincha saylovlardan
keyingi birinchi haftalarda sodir bo'ladi, ammo yangi hukmron koalitsiya odatda tez tuziladi.
Ammo prezidentlik tizimida esa, agar parlament prezident partiyasi nazorati ostida bo'lmasa,
qaror qabul qilishdagi shunday falajlik butun prezidentlik muddatida davom etishi mumkin.


400
Bunday holar AQSHda yaqin o'n yilliklarda sodir bo'lib kelyapti.
Agar parlament koalitsiyasidagi partiyalarga koalitsiyaga qo'shilish yetarlicha manfaat
keltirmasa, ular hukumatni iste'foga chiqarish bilan tahdid qilishi mumkin. Parlament
tizimidagi bunday tahdidlar muntazam hukumat inqirozlari va davlat faoliyatida uzoq muddatli
uzilishlar xafvini oshirishi mumkin. Biroq, «konstruktiv ishonchsizlik ovozi» deb ataluvchi
konstitutsiya qoidasi bilan yuqoridagi riskning keyingisini pasaytirish mumkin. Bunda
parlament hukumati uning o'rnini bosuvchi muqobil ko'pchilik mavjud bo'lgan taqdirdagina
tarqalib yuborilishi mumkin. Bu qoida birinchi marta Germaniyada joriy etilgan bo'lib, u
hozirgi kunda ko'p mamlakatlarda amal qiladi.
Yaxshi amal qiluvchi prezidentlik tizimlari ham mavjud bo'lib, ularda ijroiya
hokimiyatning vakolatlari cheklangan, chunki parlament prezidentlarning o'z vakolatlarini
kengaytirishga bo'lgan moyilliklarini samarali nazorat qiladi. Misol sifatida xayolga avvalo
AQSH va Chili keladi. Ammo dunyodagi prezidentlik tizimlarining ko'pchiligida yakka
hokimiyatchilikka moyillik kuzatiladi, chunki prezidentlar hokimiyatning barcha tarmoqlari
ustidan nazoratni o'rnatmaguncha, ular vakolatlarini kengaytirishga harakat qilaveradi. Bu
vakolati cheksiz deb his qilgan amaldagi prezidentning o'z vakolatini suiiste'mol qilinishiga
olib kelishi mumkin. Rossiya va Turkiya bunga joriy misoldir. Moldovadan tashqari sobiq
Sovet Ittifoqidagi barcha respublikalar prezidentlik tizimiga o'tgan bo'lib, Markaziy va G'arbiy
Yevropadagi parlament tizimiga asoslangan mamlakatlarga solishtirganda, ularning yutuqlari
ko'pincha uncha katta emas. Ukrainaning oxirgi 25 yildagi tarixi bunga misoldir.
Ba'zi mamlakatlar, shu jumladan Ukraina, aralash yarim-prezidentlik tizimiga amal
qilib, unda vakolatlar saylangan prezident va parlamentga hisobot beruvchi bosh vazir o'rtasida
taqsimlangan. Yarim-prezidentlik tizimi tarafdorlari prezidentlik va parlament tizimlarining
eng yaxshi tomonlarini jamlashga umid qiladilar, lekin tanqidchilar ular bu ikki tizimning eng
salbiy tomonlarini jamlashidan xavotirlanadilar. Albatta, har qanday yarim-prezidentlik tizimi
ijroiya hokimiyat doirasida prezident va bosh vazir o'rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqarishi
mumkin.
Yarim-prezidentlik tizimlaridan birinchisi Germaniya Veymar Respublikasida amal
qilgan bo'lib, u Ikkinchi jahon urushidan oldin natsistlar hokimiyatga kelganda qulagan.
Hozirgi Frantsiyani ko'pincha yarim prezidentlik tizimiga asoslangan deb hisoblashadi, lekin


401
Frantsiyani parlament tizimiga asoslangan deyish to'g'riroq bo'ladi, chunki parlament
prezidentning partiyasidan boshqa partiya nazorati ostida bo'lganda, hukumatni amalda bosh
vazir nazorat qiladi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling