James d. Gwartney


aksiya egasi: aksiyadorga


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

aksiya egasi: aksiyadorga
(?)
qarang. 
↩ 
aksiyador: (xuddi shunday aksiya egasi
(?)
) davlat yoki xususiy korporatsiyaning bir yoki
undan ko'proq aksiyalariga qonuniy egalik qiladigan jismoniy shaxs yoki tashkilot (shu
jumladan, korporatsiya). Har bir aksiya korxonaga teng ulushda egalik qilishni bildiradi. 
↩ 
aksiyador kapitali: korporatsiyadagi egalik ulushi. Korporatsiyalar korxona daromadining
mutanosib qismiga egalik qilish huquqini beradigan aksiyalar chiqarish orqali mablag' jalb
qiladilar. Aksiya egalari korporatsiya qarzining ular qilgan boshlang'ich investitsiyalaridan
ortiq qismiga javobgar emaslar. Biroq, egadorlar boshlang'ich investitsiyalarini qaytarib
olishlariga yoki kelajakda daromad olishlariga kafolat yo'q. 
↩ 
Alt-A kreditlar: Kam sonli hujjatlar asosida va/yoki qarz oluvchining daromadi, ish joyi va


413
to'lash qobiliyatiga tegishli boshqa ma'lumotlarni tasdiqlamasdan ajratiladigan kreditlar. Kam
hujjat talab qilingani bois bu kreditlarning riski baland hisoblanadi. 
↩ 
asosiy qarz summasi: qarzga olingan summa. Qarz oluvchi ushbu summaga foiz to'laydi. 
↩ 
axloqiy xavf: bu vaziyatda riskka qarshi himoyani ta'minlash xavfli xatti-harakatlarning
ehimolini oshiradi, chunki himoya xatti-harakatlarning salbiy oqibatlarini kamaytiradi. 
↩ 
aylanmadagi pul massasi: xarid qilishda foydalaniladigan yuqori likvidli (foydalanishga
tayyor) aktivlarning taklifi. Aylanmadagi pul massasiga odatda naqd pul va joriy hisob
raqamlaridagi qoldiqlar kiradi. Kengroq ta'rifiga ko'ra, omonat hisob raqamlaridagi qoldiqlar
kabi to'lov vositasiga oson aylanadigan aktivlar ham kiradi. E'tibor bering, kredit kartalar
aylanmadagi pul massasiga kirmaydi. Agar ular bo'yicha olingan qarzlar oy oxirida to'lansa,
ularni hisobga olish joriy hisob raqamlaridagi qoldiqlarni ikki marta hisoblashni anglatadi.
Hozirgi paytda Markaziy banklar tomonidan Bitkoynni (va boshqa kriptovalyutalarni)
aylanmadagi pul massasiga qo'shish kerakmi va qachon qo'shishni boshlash kerak degan
masalalarda qizg'in muhokamalar ketyapti. 
↩ 

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling