James d. Gwartney


davlat muvaffaqiyatsizligi


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

davlat muvaffaqiyatsizligi: siyosiy jarayon, shu jumladan demokratik qarorlar qabul qilish
jarayoni odamlarni iqtisodiy samaradorlikka zid harakatlarni amalga oshirishga olib keladigan
rag'batlantirish tizimidagi vaziyat. 
↩ 
depozit sertifikati (DS): minimal investitsiya talablaridan tashqari, istalgan nominalda


416
chiqarish mumkin bo'lgan, muddati va foiz stavkasi qat'iy belgilangan jamg'arma sertifikati.
Bunday instrumentlar investitsiya muddati kelmagunga qadar mablag'dan foydalanishni
taqiqlaydi. Depozit sertifikati ifodasi Qo'shma Shtatlarida qo'llaniladi. Boshqa mamlakarlatda
ham shu kabi instrumentlar mavjud, lekin ularning nomi boshqacha bo'lishi mumkin. Evropa
Ittifoqida ular «qat'iy stavkali» yoki «qat'iy muddatli depozit» hisob raqamlari nomi bilan
tanish. 
↩ 
diversifikatsiya: investitsiyalar bilan bog'liq riskni minimallashtirish maqsadida bir qator turli
xil korxona, ishlab chiqarish sohasi hamda aksiya, obligatsiya va ko'chmas mulk kabi
instrumentlarga investitsiya qilish strategiyasi. 
↩ 
dividend: aksiyadorlarga to'lanadigan korxona foydasi (foyda qismi). 
↩ 
eksport: mahalliy ishlab chiqarilgan, lekin xorijiy xaridorlarga sotilgan tovar va xizmatlar.
↩ 
erkin savdo: odamlarning boshqa mamlakat odamlari bilan iqtisodiy tranzaktsiyalarni davlat
yoki boshqa nazorat organlari cheklovlaridan xoli amalga oshira olish qobiliyati. 
↩ 
eng kam ish haqi: ishchilarga kamida o'rnatilgan minimal ish haqini to'lashni talab qiluvchi
qonun. 
↩ 
favoritizm: ma'lum bir shaxsni yoki guruhni, ayniqsa, davlat amaldori tomonidan adolatsiz
qo'llab-quvvatlash. 
↩ 
fond birjasi: fond bozoriga
(?)
 qarang. 
↩ 
fond bozori: ochiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining savdosi amalga oshiriladigan
bozorlar va birjalarning yig'indisi. 
↩ 


417
foyda: daromadning ishlab chiqarish xarajatidan oshgan miqdori. Xarajatlarga ishlab chiqarish
jarayonida foydalanilgan barcha resurslarning, shu jumladan, korxonaga tegishli resurslarning
muqobil qiymati kiradi. Tovar yoki xizmatning qiymati uni ishlab chiqarish uchun zarur
bo'lgan resurslar xarajatidan katta bo'lgandagina foyda olinadi. 
↩ 

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling