James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
miqyos samarasi: yirik zavodlar mahsulotlarni katta miqdorda ishlab chiqarganda mahsulot
birligi tannarxining kamayishi. ↩ 425 moliyaviy aktivlar: mulk yoki uskunalar kabi jismoniy aktivlardan farqli o'laroq, pul, aksiyalar, obligatsiyalar kabi aktivlar. ↩ moliyaviy institutlar: fond birjalari, banklar, sug'urta tashkilotlari, pay fondlari va investitsiya korxonalari kabi moliya xizmatlarini ta'minlovchi tashkilot. ↩ monetar siyosat: davlat tomonidan aylanmadagi pul massasining, ba'zida esa kredit berish tartiblarining boshqaruvi. Bunday siyosat bozor ayirboshlashuvi uchun muhit yaratadi. ↩ monopoliya: bozor tuzilishining turi bo'lib, unda (1) yaqin o'rinbosarlari bo'lmagan mahsulotni yakka sotuvchi ta'minlaydi; va (2) boshqa korxonalarning ushbu mahsulot bozoriga kirishiga katta to'siqlar mavjud. ↩ muqobil qiymat: ma'lum variantni tanlash natijasida voz kechishga to'g'ri kelgan eng yuqori baholangan alternativ tovar yoki faoliyat. ↩ murakkab foiz stavkasi: nafaqat asosiy qarz summasiga, balki avval hisoblangan foizga ham hisoblanadigan foizlar. ↩ musodara qilish darajasi: qarz oluvchi oylik kredit to'lovlarini to'lamaganligi sababli qarz beruvchi mulkka egalik qilish jarayonini boshlagan ipoteka kreditining qismi. ↩ muvozanat: talab va taklifning qarama-qarshi kuchlari muvozanatda bo'lgan holati. Bozor muvozanatda bo'lganda iste'molchilarning qarorlari ishlab chiqaruvchilarning qarorlari bilan uyg'unlashadi va erkin bozor narxida talab qilingan miqdor taklif qilingan miqdorga teng bo'ladi. ↩ narx nazorati: davlat tomonidan o'rnatilgan narxlar. Narxlar bozorda vujudga keladigan darajasidan baland yoki past qilib o'rnatilishi mumkin. ↩ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling