James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
kaltabinlik samarasi: davlat sektorining (1) joriy foydasi aniq, lekin kelajakdagi xarajatlarini
aniqlash qiyin bo'lgan takliflarni qo'llab-quvvatlashi va (2) joriy xarajatlari aniq, lekin kelajakdagi foydasi aniq bo'lmagan takliflarga qarshi chiqishi natijasida resurslarning samarasiz taqsimlanishi. ↩ kam rivojlangan mamlakatlar: jon boshiga daromad darajasi kam, ta'lim darajasi past, savodsizlik keng tarqalgan va yuqori daromadli mamlakatlarda eskirgan ishlab chiqarish usullaridan hali ham keng foydalanadigan mamlakatlar. Ba'zida ularni rivojlanayotgan mamlakatlar deb ham atashadi. ↩ kapital bozori: aksiya va obligatsiyalar kabi investitsiya vositalari savdo qilinadigan turli bozorlarga nisbatan qo'llaniladigan keng ma'noli tushuncha. ↩ kapital investitsiyalar: kelajakdagi unumdorlikni oshiruvchi bino-inshoatlar, uskunalar, asboblar va boshqa jihozlarga qilingan xarajatlar. ↩ kapital shakllanishi: kelajakda ishlab chiqarish unumdorligini oshiruvchi bino-inshoatlar, uskunalar, asboblar va boshqa jihozlarni ishlab chiqarish. Ushbu tushunchani ishchilarning 422 unumdorligini oshirish maqsadida ularning bilim va malakasini (inson kapitali) oshirishga qaratilgan harakatlarga nisbatan ham qo'llash mumkin. ↩ kapitalizm: iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tizim bo'lib, unda mulk, biznes va sanoat xususiy mulkdorlar qo'lida mujassamlashgan; ular muvaffaqiyatli tashkilotlar va odamlar tomonidan iloji boricha eng yuqori daromad olishga yo'naltirilgan. ↩ kapitalning oqib kelishi: chet el investorlari tomonidan mahalliy aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa aktivlarga qilingan xarajatlar oqimi. ↩ kasbiy faoliyatni litsenziyalash: ma'lum bir tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish yoki muayyan kasbda ishlash uchun davlatdan ruxsat olish talabi. ↩ Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling