James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

klanli kapitalizm: garchi bozor institutlari amal qilsada, resurslar taqsimotiga, korxonalar
foydasi va zarariga iste'molchi xaridi va bozor kuchlari emas, balki siyosiy qarorlar ta'sir
qiladigan vaziyat. Korxonalar faoliyati asosan davlat subsidiyalari, davlat shartnomalari hamda
qoidalari orqali boshqariladi va nazorat qilinadi. Ko'p korxonalar esa, o'z navbatida, davlat
imtiyozini olishga raqobat qilish uchun in'omlardan va boshqa siyosiy ko'maklardan
foydalanadi. 
↩ 
Konstitutsiya: davlat yoki boshqa tashkilotni boshqarishning tan olingan asosiy tamoyillari
yoki ta'sis etilgan pretsedentlar to'plami. 
↩ 
korporativ aksiya: investorning korxona yoki korporatsiya ulushiga egalik qilish turi.
Investorning har bir aksiyasi kompaniyaning mutanosib ulushini bildiradi, lekin ushbu
kompaniyaning kreditorlari uning aktivlari va daromarlariga ustuvor da'volik huquqiga
egadirlar. 
↩ 
korporatsiya: shaxsning mulkka egalik qilish, kredit olish va shartnomalarni imzolash huquqi
va imtiyozlariga ega bo'lgan yuridik shaxs. Lotincha «corpus» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, u


423
tana degan ma'noni bildiradi. Inglizcha «incorporate» so'zi tom ma'noda «tanani shakllantirish»
degan ma'noni anglatadi. 
↩ 
kredit kartasi: moliyaviy tashkilot tomonidan chiqarilgan bo'lib, egasiga qarz olish
imkoniyatini beradigan karta. Ushbu mablag'lardan mahsulot va xizmatlar uchun to'lovni
amalga oshirishda ishlatish mumkin. Kredit kartasi karta egasi olingan qarz miqdori bilan
kelishilgan qo'shimcha to'lovlarni to'lab berishi sharti bilan chiqariladi. 
↩ 
ko'rinmas qo'l: bozor narxlarining o'z manfaatlari yo'lida faoliyat yuritayotgan odamlarni
jamiyat farovonligiga eltuvchi faoliyatga yo'llashga moyilligi. 
↩ 
lobbist: «lobbi qilish» siyosiy ma'noda ma'lum bir moliyaviy yoki boshqa manfaat yo'lida
qonun chiqaruvchilardan tartib yoki qonunlarni qabul qilinishini so'rash. «Lobbi» — bu
siyosatchilar yoki davlat amaldorlariga ma'lum bir masala bo'yicha ta'sir qilishga intiluvchi
odamlar guruhi. Ushbu guruh a'zosi «lobbist» deb ataladi. Bu ibora lobbistlar qonun
chiqaruvchilarga tez-tez qonunchilik binolaridagi yo'lak yoki koridorlarida (inglizchada lobby
— yo'lak, koridor) murojaat qilganliklari uchun kelib chiqqan. 
↩ 
logrolling: siyosatchilarning bir masalada boshqa siyosatchilardan ko'mak olish evaziga
ularning masalalarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha ovoz almashinuvi. 
↩ 
marjinal: joriy vaziyatdagi o'zgarishlarning ta'sirini ifodalovchi tushuncha. Masalan, marjinal
xarajat bu ishlab chiqaruvchining joriy ishlab chiqarish quvvati va darajasini hisobga olgan
holda qo'shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarish xarajatidir. 
↩ 

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling