James d. Gwartney


tarif: mamlakatga import qilingan tovarlarga solingan soliq.  ↩  tasodifiy yurish nazariyasi


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

tarif: mamlakatga import qilingan tovarlarga solingan soliq. 
↩ 
tasodifiy yurish nazariyasi: aksiyalarning joriy narxlari kelajak to'g'risida ma'lum bo'lgan
barcha axborotlarni allaqachon o'zida aks ettiradi degan nazariya. Shu sababli aksiyalar
narxining kelajakdagi o'zgarishi tasodifiy hodisalarga bog'liq bo'lib, ular narxlarni kutilmagan
yoki tasodifiy tarzda o'zgartiradi. 
↩ 
tashqi ta'sirlar: uchinchi shaxslar farovonligiga ta'sir qiladigan faoliyatning tarqalish effekti.
Agar tarqalish effekti ijobiy bo'lsa, ular tashqi ta'sir manfaati deb ataladi. Agar tarqalish effekti
salbiy bo'lsa, ular tashqi ta'sir xarajatlari deb ataladi. 
↩ 
til biriktirish: ayniqsa birovni aldash yoki tovlamachilik maqsadida qilingan maxfiy yoki
noqonuniy hamkorlik. Til biriktirishda qatnashgan korxonalar guruhi kartel deb nomlanadi.
↩ 
transfertlar (daromad transfertlari): davlatning shaxslar va korxonalarga qilgan to'lovlari
bo'lib, ushbu to'lovlar to'lov oluvchilar tomonidan tovar va xizmatlarni yetkazib berishni
nazarda tutmaydi. Bu to'lovlar bir shaxslardan soliq orqali olinib, boshqalarga beriladigan
mablag'lardir. 
↩ 
tranzaksion xarajatlar: tovar va xizmatlarni izlash, savdolashish va ayirboshlash shartlarini
muhokama qilish uchun zarur bo'lgan vaqt, harakat va boshqa resurslar. 
↩ 


433
to'lov qobiliyatsizligi: jismoniy yoki yuridik shaxs to'lov majburiyatlarini bajara olmasligi
bilan bog'liq og'ir moliyaviy vaziyat. Bunga resurslarning (aktivlarning) yetishmovchiligi yoki
ushbu resurslarni naqd pulga (likvidlilik) aylantira olmaslik sabab bo'lishi mumkin. 
↩ 
unumdorlik: ma'lum bir davr mobaynida ishchi boshiga ishlab chiqarilgan o'rtacha mahsulot
hajmi. U odatda soatiga ishlab chiqarilgan mahsulot ko'rinishida o'lchanadi. 
↩ 

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling