James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Olga Flis Chexiya Respublikasidagi CERGE-EI Institutida iqtisodiyot bo'yicha magistrlik
darajasini va Lvovdagi Ivan Franko Milliy Universitetida nazariy va amaliy statistika bo'yicha


442
magistrlik darajasini olgan. Hozirda u Chexiya Respublikasida KPMG Boshqaruv
Maslahatlashuvlari tashkilotida ishlaydi. Shuningdek, u amaliy hisoblash fanlari sohasida
onlayn ta'lim platformasini yaratish uchun yangi korxona tashkil etishda ishtirok etmoqda.
Aram GazaryanTurin Universitetida iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. U Erevan
Davlat Universiteti va Armanistondagi Amerika Universitetida iqtisodiyotdan ta'lim beradi. U
tadqiqotlar va konsalting bilan shug'ullanuvchi Xulq-atvor qarorlari bo'yicha markaz
asoschisidir.
Aida Gjika Buyuk Britaniyaning Staffordshir Universitetida iqtisod fanlari doktori ilmiy
darajasini olgan va Tirana Universitetida iqtisodiyot fakultetida ta'lim beradi. U 10 yildan
ko'proq vaqt mobaynida talabalar va aspirantlarga (mikroiqtisodiyot va akademik insho
fanlaridan) dars berib keladi. Shuningdek, u turli xalqaro loyihalarda maslahatchi sifatida,
asosan ma'lumotlar tahlili bo'lyicha amaliy iqtisodchi tajribasiga ega. Uning tadqiqotlari asosan
fiskal detsentralizatsiya va iqtisodiy o'sish masalalariga qaratilgan bo'lib, u fiskal siyosat,
tamaki mahsulotlariga soliqlar va hududlarda o'sishni ham o'rganadi. Aida CERGE-EI
Fondining o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha grant sohibidir.
Maya Grigolia Gruziyadagi Tbilisi Davlat Universiteti qoshidagi Xalqaro Iqtisodiyot
Maktabida (ISET) magistrlik darajasini olgan. U fanlar doktori nomzodligini olish uchun
Tbilisi Davlat Universitetida aspirant. Hozirda u Quvaytdagi Yaqin Sharq Amerika
Universitetida o'qituvchi. U ta'lim, tadqiqot, loyiha tayyorlash va konsalting bo'yicha 10 yildan
ko'p tajribaga ega. U fiskal siyosat, moliyaviy ta'lim va xususiy sektorning rivojlanishini tadqiq
etishga qiziqadi. U makroiqtisodiyot, iqtisodiy siyosat, iqtisodiyot asoslari, statistika va
ma'lumotlar tahlili kabi fanlardan dars beradi. Avval u Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki,
Evropa Komissiyasi va AQSH Xalqaro Rivojlanish Agentligi kabi xalqaro tashkilotlar uchun
loyihalar tayyorlash va konsalting xizmati ko'rsatgan.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling