James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Rendall K. Fayler Hanter kolleji va Nyu-York shahar universitetining diplomdan keyingi
ta'lim markazida iqtisod fanlari professori, 1993 yildan beri esa Karlova universiteti va Chexiya Respublikasi Fanlar Akademiyasining qo'shma dasturi bo'lgan CERGE-EI institutida taklif etilgan iqtisod fanlari professori. Professor Fayler 1994 yildan beri CERGE-EI Ijroiya va Kuzatuv Qo'mitasi a'zosi bo'lib, u post-kommunistik Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarida iqtisodiy ta'limga eng katta hissa qo'shgan CERGE-EI Jamg'armasining prezidenti sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. U Markaziy va Sharqiy Yevropa bo'yicha global taraqqiyot tarmoq koordinatori bo'lib xizmat qiladi. Professor Fayler Gruziyaning Tbilisi xalqaro iqtisodiy maktabining (ISET) Ilmiy kengashi a'zosi. U IZA (Bonn) va CESifo da (Myunxen) ilmiy xodim. Professor Fayler Prinston universitetida doktorlik ilmiy darajasini olgan bo'lib, u mazkur universitetda Sanoat aloqalari bo'limi va Aholishunoslik boshqarmasida xizmat qilgan. Uning ilmiy ishlari Milliy ilmiy jamg'arma, Evropa Ittifoqining ACE dasturi, Alfred P. Sloun jamg'armasi, Folksvagen jamg'armasi va San'atni qo'llab- quvvatlash milliy jamg'armalari tomonlaridan moliyalashtirilgan. Uning maqolalari yetakchi professional jurnallarda, jumladan, The American Economic Review, The Journal of Political Economy, The Review of Economics and Statistics, The European Economic Review, The Journal of Development Economics, Economic Development and Cultural Change va The 438 Economics of Transition kabi jurnallarda chop etilgan. Professor Fayler ikki marta Chexiya Respublikasida Fulbrayt stipendiyasiga sazovor bo'lgan va shu bilan birga Xorvatiyaning Zagreb shahridagi Iqtisodiyot institutida taklif etilgan ilmiy xodim sifatida ishlagan. Uning sharhlari Wall Street Journal, New York Times, BBC, ABC va Good Morning Saudi Arabia kabi ko'rsatuv va gazetalarda chop etilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling