James d. Gwartney


Ilmiy maslahatchilar kengashi


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Ilmiy maslahatchilar kengashi
Oleg Gavrilishin Massachusets Texnologiya Institutida iqtisodiyot fanlari doktori darajasini
olgan. U Varshavadagi Ijtimoiy va Iqtisodiy Tadqiqotlar Markazida (CASE) norezident katta
ilmiy xodim, hozirda esa Karlton Universitetining Evropa, Rossiya va Yevrosiyo Tadqiqotlar
Institutida yordamchi professor lavozimida xizmat qiladi. Oleg Ukraina hukumatida
maslahatchi sifatida «Mustaqillikdan keyingi islohotlar tahlili» hisobotini tayyorlagan (2014
yildan 2016 yilning oktyabrigacha). Hozirgi kunda u o'tish davri to'g'risida yangi kitob ustida
ishlayapti. Kitobda nega ba'zi mamlakatlar erta va jadal islohotlar yo'lini, boshqalari esa
bosqichma-bosqich islohotlar yo'lini tanlagani to'g'risida yangi savol ko'tariladi. Kitob post-
kommunist mamlakatlaridagi siyosiy jarayonlarga yaqindan nazar tashlaydi. 1991-2007
yillarda Oleg Xalqaro Valyuta Jamg'armasining (XVJ) Evropa Departamentida sobiq Sovet
Ittifoqi mamlakatlari masalalari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida xizmat qilgan. U XVJ
Direktorlar Kengashida navbatdagi ijrochi direktor o'rinbosari hamda bir muddat Ukraina
Moliya vaziri o'rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Jozef Peltsman Boston Kollejida iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olgan, u Jorj
Vashington Universitetida iqtisodiyot va xalqaro munosabatlar fanlari professori,
huquqshunoslik fanidan yuqori malakali o'qituvchi va iqtisodiyot bo'yicha doktorantura dasturi
direktori lavozimlarida ishlaydi. 1980 yilda fakultetga ishga kirishidan oldin u Brukings
Institutida iqtisodiy siyosiy masalalar bo'yicha ilmiy xodim bo'lgan va Janubiy Karolina
Universitetida dars bergan. U Gruziyadagi Tbilisi Davlat Universiteti qoshidagi Xalqaro
Iqtisodiyot Maktabi (ISET) Xalqaro Ilmiy Kengashining asoschisi va rahbari (2006-08) hamda
Ukrainadagi Kiev Iqtisodiyot Maktabi Xalqaro Maslahat Kengashining a'zosi bo'lgan (2002-
17). Shuningdek, u Vashingtondagi Savdo, Yordam va Xavfsizlik Koalitsiyasi (TASC) va
Global Works Fondi Direktorlar Kengashining a'zosi. Hozirda u «Global Economy»
jurnalining bosh muharriri hamda Xalqaro Savdo va Moliya Uyushmasining sobiq prezidenti.
Boris Tsota Zagreb Universitetining iqtisodiyot fakultetida professor hamda xalqaro
iqtisodiyot va moliya fanlaridan magistratura dasturining rahbari. U Zagrebdagi Iqtisodiyot


440
Instituti Direktorlar Kengashining a'zosi (1997-2000) va Xorvatiya Respublikasi Fan va Oliy
Ta'lim Uyushmasi Nazorat Kengashining raisi (2003-2006) bo'lgan. U Xorvatiya Milliy Banki
Kengashining a'zosi (2006–2013), Xorvatiya Respublikasi prezidentining iqtisodiyot
masalalari bo'yicha maxsus maslahatchisi (2010–2012) va Xorvatiya Respublikasi prezidenti
huzuridagi Iqtisodiyot bo'yicha Kengashning prezidenti (2010–2015) lavozimlarida xizmat
qilgan.


441

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling