James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zohid Askarov
- Gurgen Aslanyan
Ekspertlar guruhi
Quyidagi shaxslar kitobni post-kommunist mamlakatlarining o'ziga xos vaziyatlariga moslashtirishga va tarjima aniqligini ta'minlashga o'z hissalarini qo'shdilar. Biz ular qo'shgan qimmatli hissalari uchun minnatdormiz. Shunday bo'lsada, barcha fikrlar va xatolar uchun javobgarlik mualliflar zimmasidadir. Zohid Askarov Avstraliyaning Melburn shahridagi Dikin Universitetida iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olib, hozirda Toshkentdagi Vestminster Xalqaro Universitetida o'qituvchi bo'lib ishlaydi. Uning maqolalari «World Development», «European Journal of Political Economy», «Public Choice» va «Journal of Housing Economics» jurnallarida chop etilgan. Uning maqolalari asosan o'tish davri mamlakatlaridagi iqtisodiy va institutsional rivojlanish hamda ularning tarqalish effektlari to'g'risidadir. U YUNESKO, BMT Taraqqiyot Dasturi, Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi, Sasakava Tinchlik Fondi, Dikin Universiteti, Antverp Universiteti, Maastrixt Menejment Maktabi, Quyi Saksoniyadagi Nemis Menejment Akademiyasi va Indoneziya Davlat Boshqaruvi Milliy Institutlari bilan bir qator ta'lim va ilmiy loyihalarda qatnashgan. Zohid Iqtisodiy Tadqiqotlar va Aspirantlarni Tayyorlash Markazi - Iqtisodiyot Instituti (CERGE-EI) Fondining o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha granti sohibi. Gurgen Aslanyan Chexiya Respublikasidagi CERGE-EI Institutida iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. U Armanistondagi Amerika Universitetida dotsent, CERGE-EI Fondining o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha granti sohibi va Ural Federal Universitetining Iqtisodiyot Laboratoriyasida katta ilmiy xodim. U xususiy va davlat sektorlarida, jumladan, Armaniston Markaziy Bankida maslahatchi bo'lgan, tadqiqotchi sifatida esa Pensilvaniya Universiteti va Chexiya Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlik qilgan. U ilmiy maqolalarini xalqaro miqyosda taqdim qilgan va chop etgan. U turli mukofotlar sovrindori bo'lib, hozirda Armaniston Iqtisodiyot Uyushmasining prezidentidir. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling