James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Bahrom Mirkasimov Toshkentdagi Vestminster Xalqaro Universitetining rektori. U iqtisod
fanlari doktori ilmiy darajasini Berlindagi Gumboldt Universitetida, iqtisodiyot bo’yicha
magistrlik darajasini esa Vanderbilt Universitetida olgan. Shuningdek, u Vestminster
Universiteti matbuoti tomonidan yaqinda ochiq ko’rinishda nashr etila boshlagan va xalqaro
darajada taqriz qilinadigan «Silk Road: A Journal of Eurasian Development» [Ipak Yo’li:
Yevrosiyo Taraqqiyoti Jurnali] (
www.silkroadjournal.online
) jurnalining bosh muharriri.


444
Bahrom Xalqaro Xavfsizlik va Taraqqiyot Markazida (Berlin) tadqiqotchi va Global Mehnat
Tahskilotining ilmiy xodimi. U Germaniya Iqtisodiy Tadqiqotlar Institutida (DIW Berlin)
ishlagan hamda Stokgolm Xalqaro Tinchlikni Tadqiqot Qilish Instituti, Osiyo Taraqqiyot
Banki, Jahon Banki, BMT Taraqqiyot Dasturi, BMT Aholishunoslik Fondi, Xalqaro Mehnat
Tashkiloti va Xalqaro Oziq-ovqat Siyosati Ilmiy Institutlariga maslahatchi bo’lgan.
Arben Mustafa Buyuk Britaniyaning Staffordshir Universitetida iqtisod fanlari doktori ilmiy
darajasini olgan. Uning doktoranturada o'qish davrida ilmiy mavzusi «Markaziy va Sharqiy
Evropa mamlakatlarida bank sohasida raqobat hamda uning bank risk faoliyati va foiz
marjasiga ta'sirlari» to'g'risida bo'lgan. Uning ushbu mavzuga oid bir-necha maqolalari chop
etilgan. Arben Kosovo Respublikasi Markaziy Bankida asosan ilmiy va iqtisodiy tahlillarga
oid turli lavozimlarda ishlagan. U Kosovoning Gilan shahridagi Kadri Zeka Universitetida
iqtisodiyot va bank sohasiga tegishli bir qator fanlardan dars beradi. U CERGE-EI Fondining
o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha granti sohibi.
Anait Ovannisyan Gruziyadagi Tbilisi Davlat Universiteti qoshidagi Xalqaro Iqtisodiyot
Maktabida (ISET) iqtisodiyotdan magistrlik darajasini olgan. U Armaniston Markaziy
Bankining Monetar Siyosat Departamentida iqtisodchi.
Irina Sabat hozirda Portugaliyaning Lissabon shahridagi Biznes va Iqtisodiyot Yangi
Maktabida Mariya Sklodovska-Kyuri nomli stipendiya sovrindori sifatida iqtisod fanlari
doktori ilmiy darajasini olish uchun o'qishni davom ettirmoqda. U Chexiya Respublikasining
CERGE-EI Institutida iqtisodiyot bo'yicha magistrlik darajasini, Ukrainaning Lvov shahridagi
Ivan Franko Milliy Universitetida esa Xalqaro Iqtisodiy Aloqalar va Moliya sohasi bo'yicha
magistrlik darajasini olgan. Irina CERGE-EI Fondining o'qituvchilarni tayyorlash granti sohibi
sifatida bakalavr va aspirantura talabalariga besh yildan ortiq vaqt mobaynida iqtisodiyotdan
dars berib kelmoqda. U universitet iqtisodiyot sohasi o'qituvchilarini pedagogika bo'yicha
tayyorlash bilan shug'ullanuvchi, CERGE-EI Fondi tomonidan moliyalashtirilgan iqtisodiyot
o'qituvchilari guruhi a'zosi.


445
Alban Zogay Italiyadagi Marke Politexnika Universitetida iqtisod fanlari doktori ilmiy
darajasini olgan. U 2005 yildan beri Riinvest Institutida ishlab, bir qator tadqiqotlar olib
borgan va ularga tahliliy hissasini qo'shgan. 2016 yildan 2019 yilgacha Alban iqtisodiy o'sish
va iqtisodiy murakkabliklarni o'rganish uchun Albaniya hukumati bilan ishlagan. U Riinvest
kollejida iqtisodiyotdan dars beradi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling