James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Zurab Abramishvili Chexiya Respublikasidagi CERGE-EI institutida fan nomzodi doktori
ilmiy darajasini olgan. Shuningdek, u Tbilisi Davlat Universiteti qoshidagi Xalqaro Iqtisodiyot
Maktabidan (ISET) iqtisodiyot bo'yicha magistrlik daragasiga va Tbilisi Davlat
Universitetining matematika bo'yicha magistrlik va bakalavrlik darajasiga ega. U ISET
dotsenti, uning bakalavriat dasturining direktori va CERGE-EI Fondining o'qituvchilarni
tayyorlash dasturining mintaqaviy koordinatori lavozimlarida ishlaydi.
Bakari Baratashvili Tbilisi Davlat Universiteti qoshidagi Xalqaro Iqtisodiyot Maktabida
(ISET) iqtisodiyot yo'nalishi bo'yicha magistrlik darajasini va Gruziya Texnik Universitetidan
biznes boshqaruvi bo'yicha fan doktori ilmiy darajasini olgan. U ISET direktori o'rinbosari va
Quvaytdagi Yaqin Sharq Amerika universitetida dotsent lavozimlarida ishlagan. Bakari
universitet darajasida iqtisod, statistika va moliya kurslarini o'qitishda 15 yillik tajribaga ega va
Gruziyaning davlat moliya sektorida, shu jumladan Xalqaro Valyuta Jamg'armasi va Jahon
banki kabi xalqaro moliya tashkilotlarida ishlagan.
Levan Pavlenishvili Tbilisi Davlat Universiteti qoshidagi Xalqaro Iqtisodiyot Maktabida
(ISET) iqtisodiyot yo'nalishi bo'yicha magistr darajasini va Tbilisi Davlat Universitetida
iqtisodiyot yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olgan. U ISET qoshidagi Siyosat Instituti
boshlig'ining o'rinbosari bo'lgan va iqtisodiyot fanlari, shu jumladan xalqaro savdo va moliya,
ekonometrika va tabiiy resurslar iqtisodiyoti bo'yicha 5 yillik o'qitish tajribasiga ega. Levan
Edinburg universitetida operatsion tadqiqotlar bo'yicha magistrlik darajasini olgan.
Ruslan Aliyev Chexiya Respublikasidagi CERGE-EI institutida fan nomzodi doktori ilmiy
darajasini olgan. U Bakudagi ADA universitetining Biznes fakultetida dotsent lavozimida


446
ishlaydi. Ruslanning ixtisosligi makroiqtisodiyot, monetar iqtisodiyoti, ekonometrika, iqtisodiy
o'sish va taraqqiyot yo'nalishlariga qaratilgan. Ilmiy darajasini olishdan oldin u Ozarbayjon
Markaziy Bankida Monetar siyosat bo'limida uch yil ishlagan. U milliy va xalqaro
tashkilotlarida, jumladan, Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirligida, Osiyo Taraqqiyot Banki, Chexiya
Milliy Banki, Jahon Banki va Birlashgan Millartlar Tashkiloti kabilarda maslahatchidir.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling