James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Richard L. Stroup Montana Shtati va Shimoliy Karolina Shtati Universitetlarining iqtisodiyot
fanlari faxriy professori. U iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini Vashington Universitetida
olgan. 1982 yildan 1984 yilgacha u AQSH Ichki Ishlar Vazirligining Siyosatlar Tahlili
boshqarmasi direktori lavozimida xizmat qilgan. Stroup global isish, yerdan foydalanishni
tartibga solish, arxeologiya va atrof-muhit siyosatini takomillashtirish zarurati mavzularida
maqolalar chop qilgan va ma'ruzalar o'qigan. Uning ilmiy izlanishlari erkin bozor ekologiyasi
deb tanilgan yondashuvning rivojlanishiga hissa qo'shgan. U iqtisodiyot asoslari darsligi
sifatida ommabop va hozirda 16-nashrdan chiqqan «Iqtisodiyot: shaxsiy va jamiyat tanlovi»
kitobining mualliflaridan biri. Uning «Eko-iqtisodiyot: iqtisodiyot va atrof-muhit to'g'risida
nimalarni bilish lozim» kitobi (Washington: Cato Institute, 2016, 2-nashr) o'zi asoschilaridan
biri hisoblangan Mulk va Atrof-Muhit Ilmiy-Tadqiqot Markazining moliyaviy ko'magi ostida
chop etilgan.


436
Duayt R. Li 1972 yilda San Diegodagi Kaliforniya Universitetida iqtisod fanlari doktori ilmiy
darajasini olgan. O'sha vaqtdan beri u Kolorado Universiteti, Virjiniya Texnologiya
Universiteti, Jorj Meyson Universiteti va Jorjiya Universitetlarida ta'lim bergan. U 1985-2008
yillarda Jorjiya Universitetida Remzi nomidagi iqtisodiyot va xususiy tadbirkorlik fanlari
kafedrasining professori bo'lgan. U 2008-2014 yillarda Dallas shahridagi Janubiy Metodist
Universitetida Uilyam J. O'Nil nomidagi global bozorlar va erkinlik kafedrasining professori
bo'lgan. Hozirgi vaqtda u JMUda katta ilmiy xodim va Boll Davlat Universiteti qoshidagi
Siyosiy-Iqtisodiy Tadqiqotlar Instituti bilan hamkorlik qiluvchi ilmiy xodim. Professor Lining
ilmiy tadqiqotlari turli sohalarni, jumladan, atrof-muhit va tabiiy resulrslar iqtisodiyoti, siyosiy
qarorlar qabul qilish iqtisodiyoti, davlat moliyasi, qonun va iqtisodiyot hamda mehnat
iqtisodiyoti kabilarni o'z ichiga oladi. Ish faoliyati davomida professor Li ilmiy jurnallarda 160
dan ortiq maqolalar, gazeta va jurnallarda 300 ga yaqin maqola va sharhlar chop etgan, o'n
to'rtta kitobga hammualliflik va yana beshta kitobga muharrirlik qilgan. U Qo'shma Shtatlari
bo'ylab, shuningdek, Evropa, Markaziy Amerika, Janubiy Amerika, Osiyo va Afrikadagi bir
qator universitetlar va konferentsiyalarda ma'ruzalar o'qigan. U 1994-1995 yillarda Xususiy
Tadbirkorlik sohasidaTa'lim Uyushmasining prezidenti va 1997-1998 yillarda Janubiy
Iqtisodiy Uyushmaning prezidenti bo'lgan.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling