James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

stagnatsiya: iqtisodiyotning o'sish va rivojlanishdagi turg'unlik holati. 
↩ 
Standard & Poor's (S&P) 500 indeksi: birgalikda fond bozorini ifoda etadi deb tanlab
olingan 500 ta aksiyalardan iborat savat. AQSHdagi barcha aksiyalarning 70 foizdan ortiq
qiymatini S&P 500 indeksi o'z ichiga oladi. 
↩ 
subsidiarlik: tashkillashtirish tamoyili. Unga ko'ra, masalalar eng kichik, eng quyi yoki eng
markazlashmagan vakolatli organ tomonidan hal qilinishi kerak. Siyosiy qarorlar, iloji boricha,
markaziy hokimiyat tomonidan emas, balki mahalliy organlar tomonidan qabul qilinishi lozim.
↩ 


431
subsidiya: ma'lum mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga yoki iste'mol qiluvchilarga
beriladigan davlat to'lovlari yoki soliq krediti. Etanol ishlab chiqaruvchilarga galloniga 1,50$
atrofida beriladigan to'lovlar bunga misol bo'ladi. 
↩ 
substandart kredit: muammoli kredit tarixiga ega shaxsga yoki daromadi, ish faoliyati va
to'lov qobiliyati ko'rsatkichlari to'g'risida yetarlicha hujjat talab qilmay qarz oluvchiga berilgan
kredit. Substandart kreditlar bo'yicha foizlar standart kreditlarnikiga nisbatan odatda balandroq
bo'ladi. «Kredit reytingi» qarz oluvchi qancha foiz to'lashini aniqlashga yodam beruvchi
muhim ko'rsatkich bo'lib, u shaxslarning qarz olish tarixini kuzatuvchi mustaqil tashkilot
tomonidan ta'minlanadi. 
↩ 
sug'urta: belgilangan badal to'lovi evaziga ma'lum yo'qotish, zarar, kasallik yoki o'lim
holatida kompensatsiya olishga kafolat beradigan tashkilot yoki davlat bilan bo'lgan kelishuv.
↩ 
tadbirkor: foyda olish maqsadida innovatsion usullar va mahsulotlar yaratish riskini o'z
zimmasiga olib, foydani koz'lab qaror qabul qiluvchi shaxs. Muvaffaqiyatli tadbirkorlik
faoliyati resurslar qiymatini oshiradi. 
↩ 
taklif qonuni: boshqa omillar o'zgarmas bo'lgan hollarda, tovar narxi bilan uni ishlab
chiqaruvchi sotishga rozi bo'lgan miqdori o'rtasidagi ijobiy bog'liqlikni anglatuvchi tamoyil.
Mahsulot narxi oshgani sari, ishlab chiqaruvchilar undan ko'proq ishlab chiqaradilar. Narx
tushgani sari, ular kamroq ishlab chiqaradilar. 
↩ 
talab qonuni: boshqa omillar o'zgarmas bo'lgan hollarda, tovar narxi bilan uni xaridor sotib
olishga rozi bo'lgan miqdori o'rtasidagi teskari bog'liqlikni anglatuvchi tamoyil. Mahsulot
narxi oshgani sari, iste'molchilar undan kamroq sotib oladilar. Narx tushgani sari, ular ko'proq
sotib oladilar. 
↩ 
tanqislik: odamlarning mahsulot yoki resursning tabiatda erkin mavjud bo'lgan miqdoridan


432
ko'ra ko'prog'iga ega bo'lishni istaydigan holat. Biz qadrlagan deyarli barcha narsa tanqisdir.
↩ 
taqchillik: davlatning narxlarni muvozanat narxidan past darajada o'rnatishi tufayli ishlab
chiqaruvchilarning sotishga taklif qilgan mahsulot miqdori xaridorlar talab qilgan miqdoridan
kam bo'lishi natijasida vujudga keladigan holat. 
↩ 

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling