James d. Gwartney
qo'shimcha qiymat solig'i (QQS)
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
qo'shimcha qiymat solig'i (QQS): tovar va xizmatlarni xarid qilayotgan shaxs to'laydigan
soliq. ↩ raqobat: sifat, narx va mahsulot to'g'risidagi ma'lumot hisobga olinganda, har biri xaridorga yaxshiroq taklif berishga intiladigan ishlab chiqaruvchilar yoki resurs ta'minlovchilar o'rtasidagi raqiblikning dinamik jarayoni. Raqobat bozorga kirish erkinligini nazarda tutadi. Potensial mahsulot yetkazib beruvchilarning bozorga kirishi uchun davlatdan ruxsat olish talab etilmaydi. ↩ ratsional nodonlik samarasi: saylovdagi ovozi natijani o'zgartirmaydi deb fikrlashdan kelib chiqadigan saylovchining nodonligi. Shu sababli ularda ongli ovoz berish uchun kerakli ma'lumotni izlasmaslikka ratsional omil bor. ↩ rag'batlantirish tuzilmasi: muayyan harakatlarni rag'batlantirish uchun taklif qilinadigan mukofot turlari va muqobil harakatlarning oldini olishga qaratilgan turli omillar. ↩ rag'batlar: faoliyatdan kutiladigan manfaatlar. Ular ijobiy (faoliyat taqdirlanadi) yoki salbiy bo'lishi (faoliyat jarimaga tortiladi) mumkin. ↩ 429 real qiymat: inflyatsiya hisobga olingan qiymat. ↩ renta ketidan quvish: shaxslar yoki maxsus manfaatdor guruhlar tomonidan davlat siyosatini ularga daromadlarni ko'proq bevosita yoki bilvosita taqsimlaydigan tarzda o'zgartirish bo'yicha harakatlar. ↩ rentabellik darajasi: investitsiyadan olingan foydaning dastlabki investitsiya summasiga nisbatan foizdagi ulushi. ↩ resessiya: real yalpi ichki mahsulotning (YIM) kamayishi bilan xarakterlanadigan iqtisodiy faoliyatdagi susayish. Amaliyotga ko'ra, iqtisodchilar resessiyani real YIMning ketma-ket ikki chorak davomida pasayishi bilan ifodalaydilar. ↩ resurs: iqtisodiy tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan vosita. Tabiiy resurslar, ishchi kuchi, malaka, tadbirkorlik iste'dodi va kapital bunga misol bo'ladi. Insoniyat tarixi mavjud, lekin cheklangan resurslarni biz istagan narsalarga (iqtisodiy mahsulotlar) aylantirish uchun kurashni aks ettiradi. ↩ Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling