James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Smut-Houli tarifi
rieltorlik komissiyasi: ko'chmas mulk agenti yoki broker xizmatlariga to'lanadigan haq.
Ba'zan bu sotilgan narxga nisbatan foizda yoki boshqa usulda hisoblanadi. ↩ sanoat siyosati: sanoatni yoki uning biror tarmog'ini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati. ↩ savdogar: ulgurji savdo bilan shug'ullanadigan, ayniqsa, xorijiy mamlakatlar bilan ishlaydigan yoki ma'lum sohalarga tovarlar yetkazib beradigan shaxs yoki korxona. ↩ sertifikatlash: shaxsning ta'limi, malakasi va boshqa qobiliyatlarini tasdiqlaydi. Litsenziyalashdan farqli o'laroq, sertifikatlash sertifikatlanmagan odamlarning bozorda raqobat qilishini taqiqlamaydi. ↩ 430 siyosiy biznes tsikl: amaldagi siyosatchilarning saylov arafasida o'zlarining va partiyalarining qayta saylanish ehtimolini oshirish maqsadida iqtisodiy o'sishni rag'batlantiruvchi vositalardan (fiskal va monetar siyosat) foydalanishi oqibatida yuzaga keladigan biznes tsikl. ↩ Smut-Houli tarifi: tarif stavkalarini qariyb 50 foizga oshirish bo'yicha 1930-yil iyunda Qo'shma Shtatlarida qabul qilingan qonun. Boshqa mamlakatlar bunga qarshi javob choralarini ko'rdi va xalqaro savdo hajmi keskin pasaydi. Ushbu qonun Buyuk depressiyaga sabab bo'lgan asosiy omillardan biri edi. ↩ soliqqa imtiyozli: agar siz xarajat qilgan pulingiz soliqqa imtiyozli bo'lsa, uni soliqqa tortiladigan daromadingizdan chegirib tashlashingiz mumkin. ↩ sotsializm: barcha odamlar teng va shuning uchun mamlakat pul mablag'larini teng bo'lishishlari kerak degan dunyoqarash yoki ushbu dunyoqarashga asoslangan siyosiy tizim. ↩ spekulyativ obligatsiyalar: yuqori riskli obligatsiyalar. Odatda kam tanilgan korxonalar tomonidan chiqarilib, riski baland bo'lgani tufayli yuqori foiz to'laydi. ↩ Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling