James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Tauni Hant Ferrarini iqtisodiy ta'lim bo'yicha Robert Plaster kafedrasi professori va Missuri
shtatining Sent-Charlez shahrida joylashgan Lindenvud universiteti qoshidagi Hammond
institutida bosh iqtisodchi. U yigirma yil davomida Shimoliy Michigan universitetida xususiy
tadbirkorlik bo'yicha Sem M. Kohodas kafedrasi professori lavozimida xizmat qilgan, 2015
yilda iqtisodiyot o'qituvchilari milliy uyushmasining prezidenti va shu uyushmaning
texnologiya mukofotining birinchi sovrindori bo'lgan. Tauni «Oqituvchilar ham millioner
bo'lishni istaydi» (nashrga tayyorlanyapti), «Amerika tarixidagi iqtisodiy voqealar» (2019) va
«Mantiqiy Iqtisodiyot» (2016) kitoblarining mualliflaridan biridir. Uning maqolalari nufuzli
ilmiy jurnallarda chop etiladi va u Iqtisodiy ta'lim kengashi, Junior Achievement yoshlar
ta'limi tashkiloti (AQSH) va Freyzer institutlari (Kanada) uchun o'quv rejalarini tayyorlaydi.
Dunyo bo'ylab universitetlar, milliy kengashlar, notijorat tashkilotlar uni ma'ruzalar o'qish,
dasturlar ishlab chiqish, seminarlar olib borish va iqtisidoy savodxonlikni oshirish maqsadida


437
moliyaviy mablag'larni jalb qilishni qo'llab-quvvatlash uchun taklif etadilar. U Sent Luis
shahridagi Vashington univesitetida doktorlik ilmiy darajasini olgan.
Jozef P. Kalxun o'qituvchi professor va Florida Shtati universiteti (FSU) qoshidagi erkin
tadbirkorlik va iqtisodiy ta'lim taraqqiyoti bo'yicha Stavros markazining direktori. Unin g
iqtisodiyot asoslari bo'yicha ma'ruzalarini yiliga 2000 dan ortiq talaba tinglaydi. U doimiy
ravishda milliy o'qituvchilar konferensiyalarida darslarda axborot vositalari va
texnologiyalardan samarali foydalanish to'g'risida ma'ruzalar o'qiydi. U chet elda o'qish
dasturlarining katta tarafdoridi bo'lib, Angliya, Italiya va Ispaniyalarda dars berish imtiyoziga
ega bo'lgan. Doktor Kalxun turli o'qituvchilik sovrinlariga, shu jumladan, FSU ning bakalavr
talabalari o'qituvchisi sovriniga sazovor bo'lgan. U Gorjiya universitetida doktorlik ilmiy
darajasini olgan.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling