James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

iqtisodiy institutlar: mulk huquqining kafolati, shartnomalarning xolis ijrosi va ayirboshlash
hajmiga ta'sir ko'rsatadigan huquqiy, normativ va moliyaviy qoidalar, qonunlar va odatlar.
Ular, ayniqsa, savdo sheriklari bir-birlarini bilmagan holatlarida tomonlarning tranzaksion
xarajatlariga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. 
↩ 
iqtisodiy samaradorlik: quyidagilar amal qilganda yuzaga keladigan vaziyat: (1) barcha
faoliyatlardan keladigan foyda ularning xarajatlaridan yuqori; (2) xarajatlari foydasidan katta
bo'lgan faoliyatlar amalga oshirilmaydi. 
↩ 
iqtisodiy samarali: faoliyat qiymati unga to'langan pul miqdoriga nisbatan baland bo'lsa,
faoliyat iqtisodiy samarali hisoblanadi. 
↩ 
iqtisodiy o'sish: o'tgan davrga nisbatan real yalpi ichki mahsulot (ma'lum bir davrda ma'lum
bir iqtisodiyotda yaratilgan tovarlar va xizmatlarning real qiymati) hajmining o'sishi. 
↩ 
iqtisodiyot: jismoniy shaxslar, davlat, korxonalar va boshqa tashkilotlarning tanlovlari taqchil
resurslar taqsimotiga qanday ta'sir qilishini o'rganadigan fan. 
↩ 
islohot: biror narsani (ayniqsa, institut yoki amaliyotni) yaxshilash maqsadida uni o'zgartirish
uchun davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar. 
↩ 


420
ixtisoslashuv: unumdorlikning yuqoriroq darajasiga erishish uchun mahsulotlarning
cheklangan turini ishlab chiqarishga moslashgan ishlab chiqarish usuli. 
↩ 
(davlatning) ishlab chiqarish funksiyasi: davlat tomonidan (1) bozorlar ravon faoliyati
uchun qonuniy va pul-kredit muhitini yaratish va (2) bozor orqali ta'minlash murakkab bo'lgan
ba'zi tovarlarni yetkazib berish. 
↩ 
ishlab chiqarish hajmi: shaxs, uskuna, fabrika, mamlakat va hokazolar tomonidan ishlab
chiqarilgan narsaning miqdori. 
↩ 

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling