Tranzaksiya nima Tranzaksiyalarda va tranzaksion sistemalarda eng keng tarkalgan xususiyatlari


Download 132.49 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi132.49 Kb.
#1747492
Bog'liq
2.Tranzaksiyalarni boshqarishda SQL so\'rovlari 1


TRANZAKSIYALARNI BOSHQARISHDA SQL SО‘ROVLARI
Reja:

  1. Tranzaksiya nima

  2. Tranzaksiyalarda va tranzaksion sistemalarda eng keng tarkalgan xususiyatlari

  3. Ma’lumotlar bazasining arxitekturasi

Tranzaksiya – ma’lumotlarni qayta ishlash operatorlar ketma-ketligi 5 Silberschatz, Abraham. Database system concepts // 13 - page 6 Silberschatz, Abraham. Database system concepts // 22-23 pages 30 bо‘lib, ma’lumot bazasi bilan ishlaydigan bо‘linmas birlik xisoblanadi. Tranzaksiya ma’lumot bazasini bir xolatdan boshqa xolatga о‘tkazadi. Tranzaksiya ma’lumotlarni yaxlitligini saqlagan va parallel bajarilaѐtgan tranzaksiyalarga bog‘lik bо‘lmagan xolda tо‘liq va mavaffaqiyatli bajarilishi ѐki umuman bajarilmasligi mumkin, bu xolda xech qanday natija kuzatilmaydi. Tranzaksiyalar tranzaksion sistemalar ѐrdamida qayta ishlanadi va ishlash jaraѐnida uning tarixi saqlanib boriladi.
Agar tranzaksiya bajarish davrida operatsion tizim ѐki ilovani ishlashida nuqson (nosozlik) uchrasa, nuqson tugatilgandan keyin ma’lumot bazasidagi ma’lumotlar avvalgi о‘z xolatiga qaytadi. Tranzaksiya tabiiy yakunlanguncha, uni ―qaytarish‖ uchun (ROLLBACK) komandasi ishlatiishi mumkin.
Tranzaksiyalarda va tranzaksion sistemalarda eng keng tarkalgan xususiyatlari (majmualar) tо‘plami – ACID:
• Atomicity —ATOMARLIK – sistemada xech qanday tranzaksiya qisman bajarilmasligini kafolat beradi; • Consistency —KELISHILGANLIK – tranzaksiya boshlanmasdan oldin sistema kelishilgan xolatda bо‘ladi va shu xolatda tranzaksiya yakunlangunga qadar qolishi shart; • Isolation — YAKKALIK – tranzaksiya bajarilish jaraѐnida parallel bajarilaѐtgan boshqa tranzaksiyalar uning natijasiga ta’sir kilmaydi; • Durability – MUSTAXKAMLIK – quyi bosqichdagi muammolarga qaramasdan muvaffaqiyatli tugallangan tranzaksiya sistema xolati tiklangandan sо‘ng saqlangan xolda bо‘lishi zarur; Tranzaksiyani fiksatsiya qilish ѐki orqaga qaytarish uchun SQL - tilida COMMIT [WORK], SAVEPOINT va ROLLBACK [WORK] komandalar ishlatiladi. COMMIT [WORK] – tranzaksiyani fiksirlaydi. U quyidalarni bajarishni ta’minlaydi: •Joriy tranzaksiya qilingan barcha о‘zgarishlarni fiksirlaydi; •Tranzaksiya tugallanadi; •Ushbu tranzaksiya uchun barcha nuqtalar yо‘qotiladi; •Tranzaksiya jaraѐnida ishlatilgan barcha obyektlar bо‘shatiladi. •COMMIT [WORK] komandasini ishlash seansi tugaganda xam berish tavsiya qilinadi. ROLLBACK [WORK] komanda ma’lumot bazasida tranzaksiyani qaytarishni, ya’ni о‘zgarishlarni bekor qilinishini anglatadi. Orqaga qaytish odatda ilovada xato bо‘lganda, ma’lumotlarni yaxlitligi buzilganda. Uni sintaksisi quyidagicha ROLLBACK [WORK] TO saqlash_nuqtasini_nomi; Uni ishlatish quyidagi amallarni bajarishga olib keladi.  tranzaksiyani bajarilishi tugatiladi;  joriy tranzaksiyada bajarilgan barcha о‘zgarishlar bekor qilinadi;  tranzaksiyadagi barcha blokirovkalar bekor qilinadi.
Ma’lumotlar bazasining arxitekturasi. Ma’lumotlar bazasi tizimining arxitekturasiga u ishlaѐtgan kompyuter tizimi juda katta ta’sir qiladi. Ma’lumotlar bazasi tizimi markazlashgan ѐki klient-server texnologiyasi asosida ishlay oladi. Klientserver texnologiyasida server biror boshqa joyda boshqa biror kompyuterda ishlashi mumkin. Bu texnologiya orqali bitta serverdan kо‘plab kliyentlar foydalanishi mumkin. Ular boshqa joydagi serverga asosan tarmoq orqali ulanadi. Foydalanuvchilar ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni о‘zgartirishi, qо‘shishi ѐki о‘chirishi mumkin, shuningdek ular boshqa foydalanuvchilar qilgan о‘zgartirishlarni ham kо‘rib borishlari mumkin.

Yuqoridagi rasmda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining tuzilish va ishlash prinsiplari keltirilgan. YA’ni ma’lumotlarning xotiraga qanday joylashtirilishi, sо‘rovlar, ular о‘rtasidagi bog‘lanishlar, tranzaksiyalarni boshqarish va albatta foydalanuvchilar bilan ishlaydigan qulay interfeysni qanday ishlashi keltirib о‘tilgan. Relyatsion modelga kirish8 Relyatsion model ma’lumotlarni qayta ishlovchi dasturlarning asosiy ma’lumotlar modeli hisoblanadi. Boshqa model turlariga nisbatan sodda, dasturchi ishini osonlashtiruvchi model bо‘lgani uchun hozirgi kunda keng qо‘llaniladi.
Download 132.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling