James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
bozor iqtisodiyoti: iqtisodiy qarorlar hamda tovar va xizmatlarning narxlari faqatgina xaridor
va sotuvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar orqali shakllanadigan iqtisodiy tizim. Unda davlat aralashuvi yoki markazlashgan rejalashtirish deyarli mavjud emas. ↩ bozor kuchlari: bozor narxlari orqali uzatiladigan ma'lumot va rag'batlar; xaridor va sotuvchilarning qarorlarini o'zaro muvofiqlashtirishga rag'batlantiradigan foyda va zararlar. ↩ 415 bozor muvaffaqiyatsizligi: bozordagi rag'batlantirish tizimi odamlarni iqtisodiy samaradorlikka zid bo'lgan faoliyatlarni amalga oshirishga undaydigan holat. ↩ byudjet: ma'lum muddat ichida kutiladigan daromad va rejalashtirilgan xarajatlar ro'yxati. ↩ byudjet defitsiti: ma'lum bir muddat ichida (odatda bir yil) davlat xarajatlarining davlat daromadlaridan oshgan miqdori. ↩ byudjet profitsiti: ma'lum bir muddat ichida (odatda bir yil) davlat daromadlarining davlat xarajatlaridan oshgan miqdori. ↩ davlat boshqaruvi: tijorat faoliyatini amalga oshirish uslubini nazorat qilishga qaratilgan (davlat tomonidan o'rnatilgan) qonun-qoidalar. ↩ davlat korxonasi: davlat nomidan tijorat faoliyatida qatnashish uchun davlat tomonidan tuzilgan yuridik shaxs. ↩ davlat obligatsiyasi: davlat xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida davlat tomonidan chiqarilgan qarz qimmatbaho qog'ozi. Amerika Qo'shma Shtatlarida federal davlat obligatsiyalariga omonat obligatsiyalari, g'aznachilik obligatsiyalari va inflyatsiyadan himoyalangan g'aznachilik qimmatbaho qog'ozlari (TIPS) kiradi. ↩ davlat qarzi: foiz to'lanadigan davlat obligatsiyalari bo'yicha jami davlat qarzi. U byudjet defitsiti va profitsitlarining jami ta'sirini aks ettiradi. ↩ Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling