James d. Gwartney


partiyasi boshqa saylovlarda uncha yaxshi natijalarga erishmasa ham)


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot


partiyasi boshqa saylovlarda uncha yaxshi natijalarga erishmasa ham).
Prezident vakolatlarini cheklash va mahalliy boshqarishni detsentralizatsiya qilish
bo'yicha yuqorida keltirilgan asoslar Ukraina saylov tizimini isloh qilishga bog'liq emas.
Shunga qaramasdan, ba'zilar Oliy Radada proportsional vakillik orqali ajratiladigan o'rinlar
sonini 50 foizdan 100 foizgacha oshirish maqsadida saylov tizimini isloh qilishni ilgari
surdilar. Agar yagona ovozli saylov uchastkalari bekor qilinsa, hududlar bo'yicha partiya
nomzodlaridan qaysi biriga ovoz berish uchun saylovchilarga imkoniyat yaratuvchi ochiq
partiya ro'yxatlarini tuzish muhim bo'ladi. Agar parlamentda 20 va undan ko'proq vakillarga
ega yirik saylov uchastkalarida proportsional vakillik tizimi joriy qilinsa, unda Oliy Radada
hukumat ko'pchiligini shakllantira oluvchi har qanday partiyalar koalitsiyasi har bir saylov
uchastkasidan hech bo'lmasa birorta nomzodni qo'shishga harakar qilardi. Ya'ni, saylov
tizimidagi islohotlar Ukraina hududiy tarqoqligini kamaytirishga ham yordam berishi mumkin.
Ukrainada konstitutsiyaviy islohotlar o'tkazish masalasi faqat Ukraina fuqarolari
tomonidan demokratik yo'l bilan hal qilinishi kerak. Amaldagi saylangan mamlakat rahbarlari
vakolatlarini cheklashga qaratilgan har qanday o'zgarishlarga qarshi chiqishlari tabiiy. Shu
sababli jamiyatning jiddiy talablarisiz konstitutsiyaviy islohotlar kamdan-kam muvaffaqiyatli
amalga oshiriladi. Konstitutsiyaviy islohotlarga bo'lgan bunday qarshiliklarning mavjudligi har
doim ham salbiy holat emas, chunki hukumat barqarorligi muhimdir. Shuning uchun
konstitutsiyalar faqat jiddiy ehtiyoj bo'lganda o'zgartirilishi kerak. Ushbu maqolaning maqsadi


404
Ukraina xalqiga konstitutsiyaviy islohotlar bilan bog'liq masalalarga jiddiy e'tibor berish vaqti
kelganligini ko'rsatishdan iborat.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling