James d. Gwartney


Ukrainada konstitutsiyaviy islohotlar


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Ukrainada konstitutsiyaviy islohotlar
o'tkazish zarurati
Mualliflar: Rojer Mayerson, iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori (2007); Jerard
Roland, Berklidagi Kaliforniya universitetining Morris Koks iqtisodiyot fanlari professori;
Timofiy Milovanov, «VoxUkraine» hammuassisi, Kiev iqtisodiyot maktabi faxriy prezidenti
Ukrainadagi muntazam siyosiy inqirozlar
2016-yil 10-aprelda Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk iste'foga chiqishini
e'lon qildi va kelajakda prezidentlikka o'z nomzodini qo'yish niyati borligiga ishora
qildi. Yatsenyuk o'zining o'rniga Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoga sodiq hisoblangan
parlament spikeri Volodimir Groysman nomzodini qo'llab-quvvatladi.
Muntazam siyosiy inqirozlar, umri qisqa davlat hokimiyati va keng tarqalgan
korruptsiya Ukrainada oddiy holat. Asosiy hokimiyat prezident qo'lida bo'lgan holatlardan
tashqari, prezident va bosh vazir o'rtasida bo'lib turadigan siyosiy kurashlar ham oddiy
holatdir. Biroq, kuchli prezidentlar mansabni suiiste'mol qilishga moyil bo'lib, ularni faqat
ko'cha namoyishlari orqali cheklash mumkin. Namoyishlar gohida «Maydonlarga» yetib kelib,
ba'zida hokimiyatning qulashiga olib kelishi mumkin. Oxirgi Maydondan keyin siyosiy
kurashlardan, islohotlarni amalga oshirishdagi va korruptsiyani bartaraf etishdagi sustliklardan
ko'ngli qolgan Ukraina jamiyatida hozir Ukraina uchun qaysi demokratik tizim eng ma'qulligi
to'g'risida faol muhokama ketyapti. Muntazam siyosiy inqirozlar va ildiz otgan korruptsiyadan
qutilish uchun Ukraina konstitutsiyasini tubdan o'zgarish zaruratiga asosli sabablar bor.
Konstitutsiyadagi kamchiliklar
2016-yil 13-aprel


398
Ukrainada aralash parlament-prezident tizimi amal qilib, unda bosh vazir va prezident
ijroiya hokimiyatining turli jabhalarini boshqaradilar. Prezidentni bevosita xalq saylaydi, bosh
vazir esa parlament tomonidan tayinlanadi. Prezident mahalliy hokimiyat rahbarlari va
markaziy hukumatning ayrim qismlari ustidan nazorat qilish vakolatiga ega. Bosh vazir esa
markaziy hukumatning katta qismini nazorat qiladi. Mahalliy hokimiyatning prezidentga,
vazirlarning esa parlamentga bo'ysunishidan iborat aralash tizim Ukrainaga xos.
Vakolatlarning bunday aralashmasi siyosiy kurashlar va o'zaro ayblovlarning paydo
bo'lishiga zamin yaratadi. Ayniqsa prezidentning mahalliy hokimiyat rahbarlarini tayinlash
vakolati muammoli hisoblanadi. Prezident tomonidan tayinlangan bu mulozimlarda
saylovchilar talabini bajarishga rag'bat bo'lmay, uning o'rnida ular prezident istagini ijro
etadilar. Ayni paytda, vazirliklar bosh vazir nazorati ostida. Prezident bilan bosh vazir
hokimiyat uchun kurashgan bir paytda, markaziy va mahalliy hokimiyat bir-birining
faoliyatiga putur yetkazuvchi turli darajadagi amaldorlar fitnasi ichida qolib ketgan.
Keyingi muhim muammo shuki, Ukraina davlat tizimidagi korruptsiyaga qarshi
kurashishga o'zini bag'ishlagan milliy liderga muhtoj. Ukraina konstitutsiyasiga binoan,
prezidentda parlament tasdig'i bilan Bosh prokuror va Xavfsizlik xizmati rahbarini tayinlash
vakolati bor. Biroq, prezident korruptsiyaga qarshi kurashishga sodiq bo'lishi uchun undan
hukumat xodimlarini ishga tayinlash vakolatini olish kerak. Har qanday rahbar uchun o'zi
tayinlagan amaldorlar ustidan korruptsiyaga qarshi tekshiruvlarni olib borish siyosiy jihatdan
qiyindir.
Ijroiya hokimiyati amaldorlarini tayinlash vakolati to'laligicha Oliy Rada saylagan
Bosh vazirga va mahalliy kengashlar saylagan mahalliy liderlarga o'tsagina, Ukraina xalqi
prezident korruptsiyaga qarshi tergovlarni boshqarishiga ishonisi mumkin. Bu ichki siyosiy
kurashlar ehtimolini pasaytirib, prezident va bosh vazirning ijroiya hokimiyatidagi
muvaffaqiyatsizliklar uchun bir-birini ayblash imkoniyatini yo'qqa chiqarish orqali davlat
hokimiyatining javobgarlik darajasini oshiradi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling