James d. Gwartney
Ammo biz buning tagiga yetishimiz mumkin
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Ammo biz buning tagiga yetishimiz mumkin
391 Energiyani tejash va ishlab chiqarish o'rtasida eng yaxshi balansni aniqlash uchun zarur ma'lumotlar mavjud bo'lib, bu qisman energiya resurslarini tiklash, ushbu resurslarni foydali energiya manbaiga aylantirish va uni foydalanuvchilarga yetkazib berishning texnik detallaridan xabardor ekspertlarning bilimidan iborat. Bu ma'lumotlarga butun dunyo bo'ylab tarqalgan o'n minglab odamlar ega bo'lib, ularning faqat ayrimlarigina bir-birlari bilan bevosita aloqa qiladi. Energiya bo'yicha dono qarorlar qabul qilishu uchun tarqoq ma'lumotlarni bitta joyga to'plash, ularni tahlil qilish va ulardan eng oqilona foydala oladiganlarga yetkazish kerak bo'ladi. Ekspert bilimlari kabi muhim va undan ham tarqoq tarzda tarqalgan yana boshqa ma'lumotlar ham mavjud: bu ma'lumotlar odamlarning moliyaviy holatlari, istaklari va o'zaro murosa qilishga tayyorliklaridan iborat. Kimdir uchun avtobusda yurish qulay, boshqalarga esa yashash yoki ish joyi sababli avtobusda yurish o'ta noqulaylikni tug'diradi. Kim uchundir kichik avtomobilga o'tishning farqi yo'q, lekin boshqalarga oilasi kattaligi va maxsus ehtiyoji borligi sababli bu to'g'ri kelmaydi. Kim uchundir bino temperaturasining o'zgarishi uncha noqulaylik tug'dirmaydi, sog'lig'idan shikoyat qiluvchi aholini esa bu noqulaylikdan ham ko'ra azob chekishlariga olib keladi. Kimdir qorong'ulikdan qo'rqqanligi sababli tunda chiroqlarni yoqib qoldirish uchun ayrim narsalardan voz kechishga tayyor. Bu ma'lumotlar nafaqat ekspert bilimlariga qaraganda uzuq-yuluq va tarqoq, balki ular o'ta sub'ektiv va ularni aniq izohlashning iloji yo'q. Bu ma'lumotlar o'ta oddiy tuyulishi mumkin, ammo ekspertlar bilimi kabi ular ham to'g'ri energiya balansini ta'minlashda juda muhim ahamiyatga ega. Xayriyatki, energiyani tejash va ishlab chiqarish o'rtasidagi to'g'ri balansni aniqlash uchun bu ma'lumotlarni bir joyga to'plab ularni kompyuterga kiritishning hojati yo'q. Nega deganda, barcha ma'lumotlar bir joyda to'planganda ham, hech qaysi kompyuter buncha ma'lumotlarga ishlov bera olmaydi. Agar kompyuter bunga qodir bo'lsa ham, u ishlov berib bo'lganiga qadar bu ma'lumotlar eskirib bo'ladi. Energiya bo'yicha dono qarorlar qabul qilish uchun zarur ma'lumotlarni ma'lumot egalaridan eng oqilona foydalanuvchi tomonga yetkazishning eng ma'qul yo'li bu siyosiy yo'l bilan cheklanmagan erkin bozor narxlari orqalidir. Bozor narxlari iste'molchilarga ular energiyaning foydalanish turlarini qanchaga baholashi to'g'risidagi ma'lumotni ishlab chiqaruvchilarga va bir-birlariga yetkazishga imkon 392 beradi. Shuningdek, bozor narxlari ishlab chiqaruvchilarga ham energiya turlarining ishlab chiqarish tannarxi to'g'risidagi ma'lumotlarni iste'molchilarga yetkazishga imkon beradi. Ushbu ma'lumotlarga asosan iste'molchilar, modomiki tejalgan energiyaning qiymati yuzaga keladigan noqulaylikning qiymatidan katta bo'lar ekan, noqulaylik darajasini minimallashtirib, energiyadan foydalanish hajmini qisqartiradilar. Ishlab chiqaruvchilar esa berilgan tannarxga iste'molchilar manfaatini maksimallashtirishni nazarda tutib ishlab chiqarish hajmini ko'paytiradilar. Ishlab chiqarilgan qo'shimcha energiyaning istemolchilar uchun bo'lgan qadri uning tannarxidan yuqori bo'lar ekan bu jarayon davom etadi. Buning natijasida biz, barchaning istaklarini inobatga olgan holda, energiyani tejash va uni ishlab chiqarishning eng ma'qul nisbatiga erishamiz. Narx signallari har doim ham mukammal ishlamaydi. Hatto narx chegarasi mavjud bo'lmagan taqdirda ham, erkin bozor energiyani tejash va uni ishlab chiqarish o'rtasidagi aniq to'g'ri balansni ta'minlashga kafolat bera olmaydi. Shunday bo'lsada, bozor narxlari orqali olingan ma'lumotlar asosida energiya bo'yicha qabul qilingan qarorlar siyosatchilar va byurokratlar narx chegarasini o'rnatishlari ortidan yuzaga kelgan ma'lumotlar vakuumida qilingan qarorlarga qaraganda afzalroqdir. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling