James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Mulohaza uchun savol: Davlat energiya ishlab chiqarish va tejash hajmini aniqlay oladimi?
Tushuntirib bering. Iqtisodiyotdagi eng muhim qarashlardan birini F.A. Hayek «Jamiyatda bilimdan foydalanish» (American Economic Review, 1945-yil sentabr) deb nomlangan mashhur maqolasida qayd e'tilgan. Hayekning nuqtai nazari oddiy bo'lsada, u chuqur ma'noga ega: mantiqqa mos iqtisodiy tanlovlarni amalga oshirish uchun zarur ma'lumotlar juda tarqoq va ularni ifodalash murakkab, shu sababli hech bir inson yoki ekspertlar guruhi ma'lumotlarga egalik qilishga qodir emas. Hayek o'z maqolasida faqat bozor narxlari orqaligina odamlar resurslarni eng foydali faoliyatga yo'naltirish to'g'risida yetarli ma'lumotga ega bo'lishi mumkinligini ta'kidlaydi. Bozor narxini bekor qilish yoki siyosiy yo'l bilan uning yuqori yoki quyi chegarasini o'rnatish orqali erkin narx darajasini oz'gartirish, resurslardan unumsiz foydlanishning oldini olish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni muntazam ravishda yo'qqa chiqaradi. Afsuski, ko'p odamlar Hayekning bu nuqtai nazariga qo'shilmaydi. Bu holat, ayniqsa siyosatchilar va jurnalistlar orasida yaqqol ko'zga tashlanadi. Keng tarqalgan qarashlarga asosan, agar iqtisodiy muammo yuzaga kelsa, uning yechimi muammoning mavjudligini inkor qilishdan iborat. Bunday nuqtai nazargning eng so'nggi misoli energiya siyosatidagi energiyani ishlab chiqarish yoki uni tejash munozarasi bo'ladi. Energiya ishlab chiqarish va tejashning maqbul nisbati to'g'risidagi qarorni Kongress muhim energiya mahsulotlarining narxlariga «bozorga asoslangan» narx chegarasini o'rnatganidan son'g qabul qilinishi kerak deb keng tan olingan. 2001-yil 28-mayda Business Week jurnalida chop etilgan maharrir sharhiga e'tibor qiling: «Bir necha ekolog-ekstremistlardan tashqari, hech kim energiyani tejash energiya inqirozidan chiqishning yagona yo'li ekanligiga ishonmaydi. Biroq, ayrimlar energiyani tejash ham hech Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling