James d. Gwartney
DAVRLAR BO'YICHA YIM TAQQOSI
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
DAVRLAR BO'YICHA YIM TAQQOSI
355 YIMni davrlar bo'yicha taqqoslaganda umumiy narx darajasining o'zgarishini hisobga olish lozim. Nominal YIM miqdori ikki sababga ko'ra o'sishi mumkin: (1) umumiy narx darajasining o'sishi hamda (2) tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmininig o'sishi. Faqat ikkinchi holatdagina turmush darajasi ko'tariladi. Shu sababli nominal YIM narxlarning o'sishi yoki tovar va xizmatlar ishlab chiqarish miqdorining oshishi natijasida o'zgarganligini farqlash lozim. Nominal YIMga umumiy narx darajasi o'sishi ta'sirini hisobga olish uchun iqtisodchilar narx indeksi, YIM deflyatoridan foydalanadilar. YIM deflyatori umumiy narx darajasining bazis yilga (bazis yil uchun u 100 ga teng) nisbatan o'zgarishini o'lchaydi. Narxlar bazis yilga nisbatan oshsa, YIM deflyatori ham shunga mutanosib ravishda oshadi. YIM deflyatori nominal YIM bilan birgalikda real YIMni hisoblashda qo'llaniladi. Real YIM o'zgarmas xarid qobiliyiatini aks ettiruvchi doimiy narxlarda o'lchanadi. Real YIM nominal YIMdan farqli o'laroq umumiy narx darajasi o'sishini hisobga olmaydi. Berilgan davr (t) uchun real YIM bazis yili narxlarida quyidagiga teng: Agar joriy yilda narx darajasi bazis yildagiga nisbatan balandroq bo'lsa, o'ng tomondagi nisbat (100/YIM deflyatori) birdan past bo'ladi. Natijada joriy yilning balandroq narxlarida hisoblangan YIMning nominal ko'rsatkichi bazis yildagi narxlar darajasiga moslashtiriladi. AQSHda 2005 va 2009-yillardagi YIM ko'rsatkichlarini ko'rib chiqaylik. 2009-yilda AQSHda nominal YIM 14256 milliard dollarga, 2005-yilda esa 12638 milliard dollarga teng bo'lgan. Demak, nominal YIM 2009-yilda 2005-yilga nisbatan 12,8 foizga yuqori bo'lgan. Biroq, bu o'sishning katta qismi real ishlab chiqarish hajmining o'sishini emas, balki inflyatsiyani aks ettiradi. YIM deflyatori narx indeksi bo'lib, u YIMga kirgan barcha tovarlar qiymatining o'zgarishini aks ettiradi. U 2005-bazis yilida 100,0 dan 2009-yilda 109,7702 gacha o'sdi. Bu narxlar 2005 va 2009-yillar oralig'ida qariyb 9,8 foizga (109,7702 - 100 ≈ 9,8%) oshganini ko'rsatadi. 2009-yilgi real YIMni hisoblash uchun 2009-yilgi nominal YIMni umumiy narxlar darajasining 2005-yilga nisbatan o'sgan miqdoriga deflyatsiya qilish kerak. Yuqoridagi 356 tenglamaga asosan, 14256,3 milliard dollar miqdoridagi 2009-yilgi nominal YIM birinchi 100 ga ko'paytirilib, keyin 109,7702 ga teng YIM deflyatoriga bo'linadi. Shunda real YIM 12987,4 milliard dollarga teng bo'lib [(14256,3*100)/109,7702], u 2005-yilga nisbatan atigi 2,8 foizga ko'proqdir. Demak, garchi nominal YIM 12,8 foizga o'sgan bo'lsada, real YIM bor-yo'g'i 2,8 foizga o'sgan xolos. Turli davrlar bo'yicha YIMni taqqoslaganda nominal YIM emas, balki real YIMdan foydalanish lozim. Real YIM umumiy narxlar darajasidagi o'zgarishlarni hisobga olmay, faqat ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar miqdoridagi o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. Shu sababli real YIM ko'rsatkichlarini taqqoslash o'rinlidir. Bundan tashqari, turmush darajasining o'zgarishini tahlil qilish uchun jon boshiga YIMdan foydalanish lozim. Jon boshiga YIM miqdorining oshishi kishi boshiga tovar va xizmatlar ishlab chiqarish miqdori ortganini bildiradi. Jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish miqdorini ko'paytirmasdan turmush darajasini yaxshilashning ehtimoli kam. Qo'shma Shtatlarida Savdo vazirligi qoshidagi Iqtisodiy tahlillar byurosi [Bureau of Economic Analysis] har chorak YIM hajmini hisoblab, ushbu ko'rsatkichlar yordamida AQSH iqtisodiyotining umumiy holati to'g'risida ma'lumot beradi. Mazkur byuro davlat mulozimlari, tadbirkorlar va xususiy shaxslar qarorlariga ta'sir etuvchi iqtisodiy-statistik ma'lumotlarni ishlab chiqaradi. http://www.bea.gov/index.htm veb-saytida berilgan statistik ma'lumotlar AQSH iqtisodiyotining hozirgi kundagi ahvolini atroflicha yoritadi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling