James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Men — qalam va mening shajaram Mulohaza uchun savol
Yakuniy savol: narxlar va foyda korxonalarga qanday qilib sizning va boshqa
iste'molchilarning istaklari to'g'risida ma'lumot beradi? Element 1.6 ga qaytish 1. Haqiqiy to'lov miqdori kamroq bo'lsa ham, u sud ishiga taaluqli qo'shimcha xavfsizlikning odamlar baholagan adolatli miqdoridan ham ancha katta bo'ladi. 2000-yilning martida da'vogarlar 400 million dollarga kelishishni taklif qildi, lekin General Motors bu ish bo'yicha apellatsiya berishda davom etish uchun rad javobini berdi. ↩ Duayt Lining «Foyda uchun hayotlarni qurbon qilish». Ushbu material «Creative Commons Attribution 4.0» xalqaro litsenziyasi asosida The Foundation for Economic Education tashkiloti tomonidan taqdim etilgan. 333 Element 1.8 ga qaytish Men — qalam va mening shajaram Mulohaza uchun savol: ushbu matnni o'qib, bozorlar qanday qilib millionlab odamlarni bir- birlari bilan hamkorlik qilishga chorlovchi tarmoqni barpo etishini tushuntirib bering. Men grafitli qalamman, yozish va o'qishni biladigan barcha bolalar hamda kattalarga tanish oddiy yog'och qalamman. Yozish — bu mening kasbim va ko'ngilochar mashg'ulotim. Faqat shu qo'limdan keladi. Men nima uchun shajaramni yo'zishim lozimligiga qiziqayotgan bo'lsangiz kerak. Avvalambor, hikoyam qiziqarli. Undan keyin, men daraxt, quyosh botishi yoki hatto chaqmoq chaqishi kabi mo'jizalardan ham jumboqliroqman. Afsuski, mendan foydalanuvchilar meni odatdagidek qabul qilib, menga xuddi arzimas, nasl-nasabi yo'q bir narsadek qaraydilar. Bu takabbur munosabat meni o'rtamiyona darajaga tushuradi. Bu o'ta chuqur alamli xato bo'lib, uning uzoq davom etishi insoniyat uchun xavflidir. Nega deganda, donishmand G. K. Chesterton ta'kidlaganidek: «Biz mo'jizalar yo'qligidan emas, balki mo'jizalarga e'tiborimiz yo'qligidan kasodga uchrayapmiz.» Men, Qalam, garchi oddiy ko'rinsam ham, sizning hurmat va e'tiboringizga loyiqman. Men shuni isbotlashga harakat qilmoqchiman. Aslida, agar meni tushuna olsangiz — uzr, buni birovdan talab qilishning o'zi katta narsa — agar men mo'jizaning ramzi ekanligimni anglasangiz, insoniyat umidsizlik bilan qo'ldan boy berayotgan erkinlikni saqlab qolishga o'z hissangizni qo'shgan bo'lasiz. Sizga jiddiy dars berishim mumkin. Avtomobil, samolyot yoki idish yuvish mashinasiga qaraganda bu ish mening qo'limdan yaxshiroq keladi, chunki men ko'rinishimdan juda oddiyman. Oddiymi? Hanuzgacha dunyodagi hech bir inson meni qanday yasashni bilmaydi. Hayoliy narsadek tuyuladi, to'g'rimi? Ayniqsa, faqat Qo'shma Shtatlarining o'zida menga o'xshaganlardan har yili bir yarim milliard dona ishlab chiqarilishini hisobga olsak. Meni qo'lingizga olib, e'tibor bilan qarangchi. Nima ko'ryapsiz? Ko'zga tashlanadigani Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling