James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Muallif: Leonard E. Rid


334
ko'p emas: ozroq yog'och, lak, yorliq, grafit, ozroq temir va o'chirg'ich.
Sanoqsiz ajdodlar
Siz o'z shajarangizning juda uzoq vaqt oldingi qismini chiza olmaganingiz kabi menga
ham barcha ajdodlarimni nomlab, tushuntirib berish qiyin. Shunday bo'lsada, nasl-nasabimning
qanchalik boy va murakkabligini tasavvur qilishingiz uchun ularning ba'zilarini keltirib
o'tmoqchiman.
Mening shajaram haqiqatdan ham daraxtning o'zidan, aniqrog'i, Shimoliy Kaliforniya
va Oregonda o'suvchi tekis chiziqli kedr daraxtidan boshlanadi. Endi kedr daraxtini kesib,
temir yo'lgacha yetkazish uchun ishlatilgan arra, yuk mashinalari, arqon va boshqa son-
sanoqsiz asboslarni tasavvur qiling. Shu ishlab chiqarish jarayoniga qanchadan-qancha
odamlar jalb qilingani va qanchadan-qancha ish mahorati talab etilgani to'g'risida bir o'ylab
ko'ring: rudani qazib olish, po'latni eritib, undan arra, bolta va motorlar yasash; kanop tolasi
yetishtirish va uni mustahkam arqonga aylantirish; daraxt kesuvchilar uchun baraklar,
karavotlar, oshxonalar, ovqat tayyorlash, oziq-ovqat yetishtirish va hokazolar. Daraxt
kesuvchilar ichadigan har bir chashka kofeni tayyor holatga keltirish uchun uning ustida
minglab odamlar mehnat qilganlar!
Yog'ochlar keyin Kaliforniyaning San Leandrodagi zavodga jo'natiladi. Vagonlar,
relslar va lokomotivlarni ishlab chiqarib, temir yo'l aloqa tizimini yaratgan qanchadan-qancha
odamlarni tasavvur qila olasizmi? Bu behisob mehnatkashlar legioni mening ajdodlarimdir.
Endi San Leandrodagi taxta tayyorlash zavodini qarab chiqaylik. Kedr yog'ochi
dyuymning to'rtdan biridan ingichkaroq qalinlikda qalam uzunligiga teng taxtachalarga
kesiladi. Keyin ular tandirda quritilib, ayollar yuziga pardoz bergani kabi ularga ham rang
beriladi. Odamlar meni rangsiz oq ko'rinishimni emas, balki chiroyli ko'rinishimni xohlaydilar.
Taxtachalar keyin mumlanib, yana bir bora tandirda quritiladi. Bo'yoq va o'choqlarni
tayyorlash, isitish, yorug'lik va elektr energiyasini ta'minlash, tasmalar, motorlar va zavod
uchun kerakli boshqa narsalarni yasash uchun qancha mehnat va mahorat ketgan? Zavoddagi
farroshlarchi, ular ham mening ajdodlarimmi? Albatta, undan tashqari Tinch okeani gaz va
elekt kompaniyasining gidroelektr stansiyasi dambasiga beton quygan quruvchilar ham


335
ajdodlarim bo'ladi!
Oltmish vagon taxta mahsulotlarini mamlakat bo'ylab tashishda ishtirok etgan yaqin va
uzoq qarindoshlarni ham unutmang.
Tejamkor ota-onamning jamg'argan kapitali hisobiga qurilgan 4 miliion dollarlik asbob-
uskunalar va binodan iborat qalam zavodiga kelgandan so'ng, har bir taxtachaga murakkab
uskuna bilan sakkizta ariqcha tilinadi, keyin boshqa uskuna bilan har ikkinchi taxtachaga grafit
qo'yib chiqiladi, undan keyin yelimlanadi va ustiga boshqa taxtacha qo'yiladi — xo'ddi
sendvich yasagandek.
Dastgoh shu yog'och sendvichdan men va yetti og'alarimni o'yib yasaydi. Grafitimning
o'zi ham murakkab bir narsa. Grafit Seylonda qazib olinadi. Konchilarni, ularning asboblarini
yasovchilarni, grafit tashish uchun qog'oz qoplarni va ularni tugish uchun ip ishlab
chiqaruvchilarni, kemaga yuklarni ortuvchilarni va kemalarni yasovchilarni ham hisobga oling.
Hattoki mayoq nazoratchilari va kemalarga yo'l ko'rsatuvchi mutaxassislar ham mening
dunyoga kelishimga hissa qo'shganlar.
Grafit tarkibida qayta ishlashda qo'llaniladigan ammoniy gidroksidi bor Missisippi loyi
bilan aralashtiriladi. Keyin sulfat kislotasi bilan qayta ishlangan hayvon yog'i kabi sulfatlangan
yog'lar bilan namlantiruvchi vositalar qo'shiladi. Bir qator asbob-uskunalardan o'tganidan
keyin, aralashma kolbasaga o'xshash shakllarda chiqib keladi. Keyin uni kesib, quritiladi va
1000 darajali haroratda bir necha soat pishiriladi. Grafitlarning mustahkamligi va silliqligini
oshirish uchun ularga parafin mumi, vodorodlangan tabiiy yog'lar va Meksikadan keltirilgan
kandelilla mumining issiq aralashmasi bilan ishlov beriladi.
Mening kedrdan yasalgan qobig'im olti marta laklanadi. Lakning tarkibini bilasizmi?
Kanakunjut yetishtiruvchilar va kastor yog'i ishlab chiqaruvchilar bunga aloqador deb kim
o'ylabdi? Ularning ham hissasi bor. Hatto lakni chiroyli sariq rangga keltirish jarayonida ham
son-sanoqsiz ishchilarning mehnatidan foydalanilgan!
Endi yorlig'iga e'tibor bering. U qorakuya bilan smola aralashmasini qizitishdan hosil
bo'lgan yupqa plyonka. Smola qanday yasalishini va qorakuya nima ekanligini bilasizmi?
Mening mayda metall halqam mis va ruh qotishmasidan yasalgan. Rux va mis qazib
olishda ishtirok etgan konchilarni va shu tabiiy boyliklardan yaltiroq tunuka ishlab chiqargan
ishchilarni tasavvur qiling. Gardishimdagi qora halqalar — qora nikel. Qora nikel nima o'zi va


336
u nimalarda ishlatiladi? Gardishimning markazi nima uchun qora nikel emasligining tarixini
tushuntirish uchun ancha varaq kerak bo'ladi.
Va nihoyat mening sharafli tojimga to'xtalsak. Qalam yasovchilar orasida «po'kak» deb
tanilgan bu qismni odamlar men bilan qilgan xatolarini o'chirishda foydalanadilar. Uning
tarkibiy qismlaridan biri «faktis» o'chirish vazifasini bajaradi. U Gollandiyaning Ost-
Indiyasidan keltirilgan kolza o'simlik yog'i bilan oltingugurt xloridi reaksiyasidan olingan
rezinasifat mahsulot. Ommabop fikrdan farqli o'laroq, rezina faqat biriktirish uchun kerak.
Undan tashqari, qotiruvchi va tezlashtiruvchi moddalar ham ishlatiladi. Pemza toshi Italiyadan
keltiriladi, «po'kak»ga rang beruvchi bo'yoq modda kadmiy sulfiddir.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling