James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Ahmoqona da'volar
Biror faoliyatning qiymatini hisobga olish zarur emas deb da'vo qilish bu mazkur faoliyatning amalga oshirishda uning muqobil variantlarini hisobga olish kerak emas degan fikr bilan teng. Bunday ochiq ahmoqona da'voning manfaatdor guruhlar tomonidan hanuzgacha ishlatilishi siyosiy bahslarda mantiqdan ko'ra hiyla-nayranglarning ustunligini yaqqol namoyish etadi. Biror faoliyatning boshqa mavjud variantlarini hisobga olmaslik shu faoliyat boshqa barcha narsadan qadrliroq bo'lsagina ma'noga ega bo'lishi mumkin. Lekin bu barcha resurslarimizni aynan shu faoliyatga yo'naltirishimiz darkor degan ma'noni anglatadi. Masalan, agar haqiqatan ham nafis orkestr musiqasi juda qadrli bo'lganligi uchun uning xarajatlarni hisobga olish shart bo'lmasa, unda hamma boshpanasiz, och va hech vaqosiz bo'lib, butun vaqtini orkestr musiqasini tinglashga sarf qilishi kerak edi. Bu shubhasiz ahmoqona, lekin bu juda muhim narsa qiymatini hisobga olish kerak emas degan ahmoqona da'vodan bir zarracha ham farq qilmaydi. Ikki va undan ko'p guruh ular loyihalarining xarajatlarini hisobga olmasdan moliyalashtirish kerak deb da'vo qilishi bilanoq, qiymatlarning ahamiyati ravshan bo'ladi. Yoshlarga ta'lim berish va bemorlarni davolash kabilarning ahamiyati xarajatlarni hisobga olmaslik darajasida muhim bo'la olmaydi, har holda resurslar taqchil bo'lgan dunyoda. 320 Yoshlarga ko'proq ta'lim berish bemorlarni davolash xarajatlarini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi va aksincha. Bir narsaning qiymatiga e'tibor bermaslik, yana bir boshqasiga u nisbatan ahamiyatsiz deb qarash bilan teng. Resurslar tanqisligi bilan bog'liq voqelik va undan kelib chiqadigan muqobil qiymat, manfaatdor guruhlarning xarajatlarni mensimasdan so'zamollik qilishidan qat'i nazar, siyosiy jaroyonlarga ta'sir ko'rsatadi. Siyosiy jarayonlarda muqobil qiymatni inobatga olish uchun bir- biriga raqobatbardosh variantlarni taqqoslash zarur. Afsuski, siyosiy jaronlardagi nuqsonlar va bir tomonlama mulohazalar davlat faoliyati bilan bog'liq muqobil qiymatni yetarlicha hisobga olishga xalaqit beradi. Kutilganidek, natijada muqobil variantlar yetarlicha hisobga olinmaydi. Resurslarni qadrli faoliyatdan qadrsizroq va ko'pincha belgilangan maqsadga zid bo'lgan faoliyatga yo'naltirish isrofgarchilikka olib keladi. Bozor narxlari muqobil qiymatni to'liq aks ettirmaydi, lekin siyosiy qarorlar ko'pincha dastur xarajatlarining katta qismini hisobga olmasligini va natijada paydo bo'ladigan salbiy oqibatlarni hisobga olsak, bozor narxlari va muqobil qiymat bir-biriga qanchalik yaqin kelishini ko'rishimiz mumkin. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling