James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Muallif: Duayt Li


322
ma'lumot bozor narxlari orqali uzatiladi; firmalar uchun ishlab chiqarish resurslarining narxlari
ushbu resurslardan keyingi eng yaxshi muqobil variantlarda foydalanishdan keladigan marjinal
qiymatlarni aks ettiradi. Demak, har bir korxona muayyan hajmda mahsulot ishlab chiqarish
jarayonida xarajatlarni minimallashtiruvchi resurslar kombinatsiyasini tanlash orqali (bu har
bir dollarlik ishlatilgan resurs unumdorligining tenglashtirishni talab qiladi
(1)
), mazkur faoliyat
natijasida iqtisodiyotning boshqa sohalarida boy berilgan qiymatni minimallashtiruvchi
resurslar kombinatsiyasini ham tanlaydi. Marjinal tenglik hayratlanarli darajadagi o'zaro
muvofiqlashtirishni namoyish etadi; har bir korxonaga boshqa korxonalar uchun zarur ishlab
chiqarish resurslarining qiymati ham ta'sir ko'rsatadi.
Mahsulot ishlab chiqarish va marjinal
moslashishlar
Cheklangan resurslarimizdan eng samarali foydalanish uchun har bir korxona mahsulot
ishlab chiqarish jarayonida boy bergan qiymatlar miqdorini (ya'ni, xarajatlarni)
kamaytirishining o'zi yetarli emas. Har bir korxona o'ziga tegishli mahsulotni eng kam
tannarxda ishlab chiqarayotgan bo'lsa ham, lekin barcha korxonalar jami ishlab chiqargan
mahsulotlarining umumiy xarajati ancha yuqori bo'ladi. Masalan, ishlab chiqarish
resurslarining eng arzon kombinatsiyasidan foydalanib har bir amerikalik uchun kuniga o'nlab
bir martalik taglik ishlab chiqarishimiz mumkin. Shubhasiz, bu haddan tashqari ko'p bir
martalik taglik ishlab chiqarishni taqozo etadi, chunki taglikning marjinal xarajati (garchi juda
ham kam miqdorda bo'lsa ham) uning marjinal foydasidan ancha yuqori bo'ladi — yana bitta
taglik ishlab chiqarish uchun boy berilgan qiymat (ya'ni, uning xarajati) taglikning bahosidan
kattaroqdir. Jami tovarlar to'plamini ishlab chiqarishda resurslardan eng samarali foydalanish
nafaqat har bir tovarni eng kam xarajat sarflab ishlab chiqarishni talab qiladi, balki har bir
tovar uning marjinal qiymati marjinal xarajatiga teng bo'lganga qadar ishlab chiqarilishi kerak.
Demak, marjinal tenglik korxonalar ishlab chiqargan jami mahsulotlar eng yuqori
qiymatga ega bo'lishini ta'minlaydi. Bozordagi narxlar orqali esa har bir korxona o'ziga zarur
bo'lgan barcha ma'lumotlarga ega bo'ladi. Firma mahsulotining narxi uning marginal qiymatini
aks ettiradi, xomashyo narxlari esa korxonaning marginal ishlab chiqarish tannarxini


323
belgilaydi. Mazkur ma'lumot maksimal foyda olishga harakat qiluvchi korxonalarga eng
yuqori qiymatga ega bo'lgan mahsulotlar kombinatsiyasini ishlab chiqarishga yordam beradi.
Har bir firma oladigan foydasini ko'paytirish uchun mahsulotning narxi uning marjinal
xarajatidan (ya'ni, boshqa korxonalar mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirishi natijasida boy
berilgan moddiy qiymatdan) yuqori bo'lsagina, ishlab chiqarish hajmini oshiradi
(2)
. Agar
barcha firmalar narx marjinal xarajatga teng bo'lganga qadar hajmda mahsulot ishlab
chiqarishsa, unda har bir firma oladigan foydasi va ishlab chiqarilgan jami mahsulotlarning
qiymati maksimal darajaga yetadi. Bozor narxlari ishlab chiqarish bo'yicha qarorlarni o'zaro
muvofiqlashtirishi tufayli ushbu qarorlar barcha korxonalar bo'yicha marjinal printsipi asosida
tenglashadi. Bunda ba'zi korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va
boshqalarida ishlab chiqarish hajmini kamaytirish orqali jami ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning umumiy qiymatini ko'paytirishning imkoni yo'q.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling