James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Xulosa uchun savol: yoshlarga ta'lim berish, bemorlarga tibbiy xizmat ko'rsatish va
keksa aholiga nafaqa tayinlashda davlatning muqobil qiymatni e'tiborga olmasligi qanday
kamchiliklar bilan bog'liq?
Element 1.2 ga qaytish
Duayt Lining muallifligi ostidagi «Imkoniyatlar va xarajatlar». Ushbu material «Creative Commons Attribution 4.0» xalqaro
litsenziyasi asosida 
The Foundation for Economic Education
 tashkiloti tomonidan taqdim etilgan.


321
Element 1.3 ga qaytish
Bozorlar va marjinalizm
Mulohaza uchun savol: quyidagilarni o'qib, korxonalar qanday qilib marjinal foyda va
marjinal xarajatni tenglashtirish orqali mahsulot hajmi va qiymatini maksimal darajaga
yetkazishini aniqlang.
Shaxsiy faoliyatingizda unumdorlikni oshirish uchun «marjinal tenglik» asosida qaror
qabul qilishingiz lozim. Bu vaqtingizni turli faoliyatlarga taqsimlaganda har bir faoliyatdagi
vaqtning marjinal qiymati bir-biriga teng bo'lishi kerakligini anglatadi. Marjinal tenglik
nafaqat shaxsiy faoliyatda unumdorlikni oshirish uchun muhim, balki bu butun iqtisodiyotning
muvaffaqiyatli faoliyati uchun ham katta ahamiyatga ega. Bozor narxlari orqali uzatilgan
axborot va rag'batlar odamlar va korxonalarni o'z muammolarini hal qilish jarayonida o'zaro
hamkorlikka chorlaydi. Natijada hamkorlik butun iqtisodiyot bo'ylab marjinal tenglik tomon
yo'naladi. Ushbu jarayonni ko'rib chiqish bizga bozor narxlari undaydigan aloqa va
hamkorlikning ustunliklarini tushunishimizda qo'shimcha ma'lumot beradi.
Igtisodiyotda faoliyat yuritayotgan ko'plab korxonalarning eng asosiy maqsadi foydani
oshirishdan iboratdir. Biroq, ular qabul qilgan qarorlar boshqalarga ham ta'sir ko'rsatadi.
Masalan, biror korxona ko'proq hajmda ishlab chiqarishi uchun u ko'proq taqchil resurslardan
foydalanishiga va natijada boshqa korxonalar kamroq hajmda ishlab chiqarishiga to'g'ri keladi.
Mukammal holatda har bir firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini erkin tanlasada, u bir
vaqtda iqtisodiyotning boshqa sohalarida boy berilgan qiymatini minimal miqdorga
kamaytirishga harakat qiladi. Bu mukammal holatga erishish uchun, jumladan, ob-havo holati,
resurslar kashfiyoti, mamlakatlar o'rtasidagi adovatlar, ishlab chiqarish texnologiyalari,
millionlab ishchilar, resurs egalari va iste'molchilarning o'ziga xos sifatlari hamda sub'ektiv
istaklari kabi ko'p ma'lumot talab etiladi.
Hech qaysi davlat muassasasi buncha ma'lumotga egalik qilish, uni doimiy ravishda
yangilab turish va undan kerakli darajada foydalanishga qodir emas. Xayriyatki, ushbu

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling