Aktivlaringizni diversifikatsiya qiling
Bank jamg'arma hisob raqamlaridan tashqari eng keng tarqalgan moliyaviy aktivlar bu aksiya
va obligatsiyalardir. Keling, bu ikki instrumentlar to'g'risida batafsilroq o'rganaylik. Aksiyador
kapitali
(?)
korxona ulushiga egalik qilishni bildiradi. Aksiya
(?)
aksiyadorga korxonaning
kelajakdagi daromadlarining bir qismiga mutanosib ravishda egalik qilish huquqini beradi.
Korxonaning kelajakdagi daromadlarining oshishi aksiyadorlar foydasini oshiradi.
Aksiyadorlarning foydasi odatda dividendlar
(?)
(aksiya egalariga muntazam to'lovlar) yoki
aksiya bahosining oshishi ko'rinishida bo'ladi. Ammo korxona faoliyati muvaffaqiyatli
bo'lishiga va kelajakda daromad olib kelishiga kafolat yo'q. Agar u muvaffaqiyatsiz
yakunlansa, korxona aksiyalarining qiymati pasayadi. Garchi aksiyadorlar korxona qarz
majburiyatlariga javobgar bo'lmasada, ular aksiya xarid qilishga sarflagan mablag'larini
yo'qotishlari mumkin. (Izoh: «Korxona kapitalidagi ulush» aksiyaning boshqacha nomi).
Video:
Fond birjasining amal qilishi
Obligatsiyalar
(?)
korxonalar, davlatlar va boshqa tashkilotlar uchun qarz olishning
qulay usuli hisoblanadi. Bu tashkilotlar ko'rsatilgan muddatlarda asosiy qarz summasini
(?)
(olingan qarz miqdorini) foizi bilan qaytarishni va'da qilish (va qonuniy majburiyat) hisobiga
obligatsiya xaridorlaridan mablag'larni qarzga oladi. Modomiki tashkilot moliyaviy jihatdan
sog'lom bo'lsa, obligatsiya egalari qarz foizi bilan qaytarib to'lanishiga umid qilishlari mumkin.
Hamma investitsiyalar uchun risk xavfi mavjud. Korporativ aksiyalardan
(?)
iborat
investitsiyaning bozor qiymati nisbatan qisqa muddat ichida keskin o'zgarishi mumkin.
Nominal rentabellik
(?)
darajasi kafolatlangan taqdirda ham (masalan, yuqori sifatli
Do'stlaringiz bilan baham: |