James d. Gwartney


Video: Millatni qulatgan Piramida fitnasi


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Millatni qulatgan Piramida fitnasi
Shunga o'xshash sxemalar ko'p mamlakatlarda paydo bo'lgan. Bunga misol 1990-
yillardagi Rossiyadagi MMM bo'ladi. Dunyoda mashhur bo'lgan firibgarliklardan yana biri
«Nigeriyalik shahzoda» nomi bilan tanilgan. Uni o'zini badavlat odam yoki boylikka da'vogar
odam qiyofasiga solgan kishi tomonidan bajarishi mumkin. Qalloblik oldinlari xat, 1980-
yillarda faks, endilikda esa ijtimoiy tarmoqlar yoki elektron pochta orqali amalga oshirilib,
xatda boy odam uning pullari urushdan jabr ko'rgan yoki rejim o'zgarishi boshlangan
mamlakatda ekanligi aytiladi. Agar mamlakatidan pulni olib chiqib ketishga yordam bersangiz,
u sizga katta pul to'lashini va'da beradi. Pulni olishingiz uchun u sizdan bank raqamingizni


267
berishingizni so'raydi. Agar unga bank raqamingizni bersangiz nima bo'lishini faraz qling? U
hisob raqamingizdagi barcha mablag'larni o'ziga o'tkazadi va pulni qaytarish uchun
qo'lingizdan ko'p narsa kelmaydi! Bu sxemaning turli variantlari mavjud. Masalan, firibgar
sizdan qandaydir to'lovni to'lash uchun pul so'rashi mumkin. Bu to'lovlar keyinchalik kattarib
ketadi va siz pulingizni hech qachon qaytarib ola olmaysiz.


268
Hech kim muntazam ravishda
bozordan ko'ra yaxshiroq natija ola
olmasligini tushunib yeting
Aksiyalarning yuqorida keltirilgan afzalliklariga qaramay, ko'p odamlar aksiyalarga
investitsiya qilishdan o'zini saqlaydi, chunki kelajakda muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin
korxonalarni aniqlash uchun ularda na vaqt, na tajriba bor. Bu ayniqsa kapital bozorlari endi
rivojlanayotgan hamda investorlari va davlat boshqaruvchilari kam tajribaga egan bo'lgan
mamlakatlarga hosdir. Hattoki eng shakllangan bozorlarda ham kelajakdagi ma'lum bir
aksiyaning yoki aksiyalar to'plamining o'rtacha bahosidagi o'zgarishni bashorat qilish oson
emas. Hech kim ma'lum bir aksiyaning bahosi yoki aksiyalar baholari kelajakda qanday
o'zgarishini aniq ayta olmaydi.
Iqtisodchilarning aksariyati «tasodifiy yurish» nazariyasiga
(?)
qo'shiladilar. Ushbu
nazariyaga binoan aksiyalarning joriy narxlari kelajakdagi korporativ daromadlar, iqtisodiy
vaziyat hamda aksiya bahosiga ta'sir qiluvchi omillar to'g'risidagi mavjud ma'lumotlarni aks
ettiradi. Shu sababli aksiya narxlaridagi o'zgarishlar odamlar uchun kelajakdagi kutilmagan
voqealarga bog'liq. Tabiatan, bu omillarni oldindan bilib bo'lmaydi. Agar ularni oldindan
bilishning imkoni bo'lganda edi, aksiyalarning joriy narxlari bu ma'lumotlarni allaqachon
o'zlarida aks ettirgan bo'lar edi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling