269
Nima uchun Apple, Google va Microsoft kabi yaxshi daromad
olib keluvchi aksiyalarni
tanlab, boshqalaridan uzoqroq turishning o'zi kifoya emas? Bu juda yaxshi fikr, lekin buning
bitta muammosi bor: tasodifiy yurish nazariyasi ma'lum aksiyalarning baholari uchun ham
amal qiladi. Kelajakdagi yaxshi daromad potensiali aksiyalarning
narxida allaqachon aks
ettirilgan. Ma'lum bir aksiyaning kelajakdagi narxi kutilmagan o'zgarishlar va kompaniyaning
istiqboli to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlarga bog'liq. Bunday ma'lumotlar vaqt o'tishi bilan
ma'lum bo'ladi. Aksiyaning kelajakdagi narxiga son-sanoqsiz omillar ta'sir ko'rsatib, ular
kutilmagan tomonga muntazam ravishda o'zgarib turadi. Masalan, Apple kompaniyasi
aksiyasining narxi biror maktab o'quvchisi ishlayotgan yangi g'oya
sababli tushib ketishi
mumkin. Demak, qaysi aksiyalarning narxlari raketa kabi moliya stratosferasiga uchishini,
qaysilari esa uchirish maydonining o'zida qulashini yoki parvozdan keyin halokatga uchrashini
oldindan aytib bo'lmaydi.
Siz fond birjasi faoliyatini, ma'lum korporatsiyalar to'g'risidagi ma'lumotlarni, iqtisodiy
tendentsiyalarni va bashoratlarni o'rganish orqali imkoniyatingizni
bir oz yaxshilashingiz
mumkin. Ammo aholining asosiy qismi uchun uzoq muddatli omonatlarni (masalan, pensiya
jamg'armalarini) o'zaro pay fondlariga investitsiya qilish eng oqilona variant hisoblanadi.
Video:
Pay fondi nima?
Pay investitsiya fondlari ikkita keng toifaga bo'linadi:
boshqariladigan va indeks
fondlari.
Boshqariladigan pay investitsiya fondida
(?)
qaysi aksiyalarni ushlab turish va ularni
qachon sotib olish yoki sotish bo'yicha qarorlarni «ekspert», ya'ni
fondning portfel menejeri
qabul qiladi. Fond menejeri deyarli har doim kelajakda daromadli bo'lish ehtimoli mavjud
aksiyalarni aniqlash maqsadida alohida kompaniyalar va bozor tendentsiyalarini o'rganadigan
tadqiqotchi xodimlar yordamidan foydalanadi. Menejer fond rentabelligini maksimal darajada
oshiradigan aksiyalarni tanlashga intiladi.
Fondning ikkinchi turi indeksli pay investitsiya fondidagi aksiyalar ularning
S&P 500
Do'stlaringiz bilan baham: