James d. Gwartney
Video: Baham ko'rish iqtisodiyoti
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutilmagan vaziyatga tayyor boling
- ELEMENT 4.6 Har oy favqulodda holatlar uchun moljallangan jamgarma hisob raqamiga mablag («qora kun» uchun mablag) ajratishni boshlang.
Video:
Baham ko'rish iqtisodiyoti Turli tejamkor strategiyalardan birini tanlash yoki ularga obuna bo'lish sizga o'zingiz istagan boshqa buyumlarga ega bo'lish imkonini beradi. O'ylamasdan yangi buyumlarni xarid qilishdan tashqari, sizda ko'plab boshqa variantlar ham mavjudligini unutmaslik muhimdir. 254 Kutilmagan vaziyatga tayyor bo'ling Biz jamg'armaning kelajagingiz uchun ahamiyati to'g'risida gaplashib oldik. Bundan tashqari, sizga favqulodda holatlar uchun ham jamg'arma hisob raqami zarur bo'ladi. Buning o'zi nima? Hayot kutilmagan hodisalarga to'la: goh mashinangiz buzilib qoladi, goh tomdan suv oqadi, goh quruqchilik ekinlarni barbod qiladi, goh farzandingiz qo'lini sindirib qo'yadi va hokazolar (105) . Biz qaysi biri va u qachon yuz berishini oldindan aytib berolmaymiz. Ammo uzoq vaqt davomida har bir xonadon ushbu kutilmagan xarajatlarga duch kelishini bilamiz. Shuning uchun bularga moliyaviy tayyor turish kerak. Favqulodda holatlar uchun jamg'arma hisob raqami mana shu maqsadni nazarda tutadi. U qattiq emotsional stressga va og'ir moliyaviy holatga olib kelishi mumkin bo'lgan kutilmagan xarajatlarni qoplashingizga ko'maklashadi. Yoki aksincha, kutilmagan holatlar paydo bo'lishini kutib, keyin ularni qanday bartaraf ELEMENT 4.6 Har oy favqulodda holatlar uchun mo'ljallangan jamg'arma hisob raqamiga mablag' («qora kun» uchun mablag') ajratishni boshlang. 255 etish uchun reja tuzish mumkin. Bu ko'pincha kredit karta qarzining ko'payishini yoki boshqa noqulay shartlar bilan qarz olishni anglatadi. Shunda siz foiz xarajatlari va olingan qarzning qaytarish yo'llarini topishingiz lozim bo'ladi. Boshqa holarlarda bu favqulodda holatlar uchun o'zlari mablag' to'plashga aqli yetgan oila yoki tanish-bilishlardan yo'rdam so'rashni anglatishi mumkin. Bular bilan bog'liq tashvishlar noto'g'ri moliyaviy qarorlar qabul qilinishiga olib kelishi mumkin. Bunday voqealar uchun siz muntazam ravishda qancha mablag' ajratishingiz kerak? Buning bir yo'li siz, va qarindoshlaringiz, va qo'shnilaringiz bilan o'tgan yil yuz bergan kutilmagan holatlarning ro'yxatini tuzib, har birining xarajatini hisoblab chiqishdan iborat. Mashinani ta'mirlash, kutilmagan safar, shifokorga ko'rinish, uy-joy anjomlarini almashtirish va o'tgan yili bo'lgan boshqa kutilmagan holatlarni eslang. Xarajatlarni qo'shib chiqib, o'n ikkiga bo'ling va shuncha miqdordagi mablag'ni qora kun uchun mo'ljallangan hisob raqamingizga ajratib borishni boshlang. Har ehtimolga qarshi, kelajakdagi kutilmagan omadsizlikka tayyor bo'lish uchun siz ushbu hisob raqamingizga o'rtacha ehtiyojga nisbatan sal ko'proq miqdorda mablag' ajaratishingiz ham mumkin. Agar natijada ko'proq mablag' jamg'arsangiz, bu sizga qo'shimcha moliyaviy xavfsizlikni ta'minlaydi. Agar jamg'arma miqdori o'sishni davom etsa, siz keyinchalik uning bir qismini boshqa maqsadlarga ishlatishingiz yoki pensiya jamg'arma dasturiga o'tkazishingiz mumkin. Eng asosiysi, jamg'arma uchun oylik to'lovlariga ixtiyoriy to'lov emas, balki majburiy to'lov sifatida qarang. Bu jamg'armaga xuddi ipoteka krediti to'lovi, elektr energiyasi uchun to'lov va shunga o'xshash boshqa muntazam xarajatlar kabi qarashingiz lozim. Favqulodda holatlar uchun ajratilgan jamg'arma hisob raqami sizga xotirjamlik olib kelib, yuz berishi mumkin bo'lgan moliyaviy qiyinchiliklar bilan bog'liq tashvishlarning oldini oladi. Ushbu jamg'arma sizga kutilmagan xarajatlarni ishonch bilan uddalashga imkon beradi. Garchi bu xarajatlar kutilmagan bo'lsada, ularni ma'lum darajada aniqlik bilan bashorat qilish mumkin. Agar kutilmagan xarajatlar o'rtacha miqdordan kamroq bo'lsa, unda qora kun uchun jamg'arma qoldig'i o'sadi. Agar kutilmagan xarajatlar miqdori odatdagidan katta bo'lsa, unda hisob raqamingizdagi qoldiq kamayadi. Biroq, siz bunday holatlarga tayyor bo'lganingiz uchun ko'nglingizni to'q tutishingiz mumkin. Bu «pul sizni boshqarmasin», balki «pulni o'zingiz 256 boshqaring» degan naqlning ma'nosidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling