James d. Gwartney
Video: Qarzlarni to'lash strategiyalari
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Video:
Qarzlarni to'lash strategiyalari Agar kredit kartasi bo'yicha qarzni to'lashga sizda mablag' bo'lmasa, nima qilishingiz mumkin? Unda bankdan kredit olib, — uning foiz stavkasi kredit kartasining foiz stavkasidan pastroq bo'ladi — 3-elementda ko'rsatilgan byudjetni rejalashtirish printsiplariga asosan, qarzni tez uzish rejasini tuzing. Shuningdek, boshqa kredit karta bo'yicha yana qarz olmaslikka e'tibor bering. Kredit karta qarzning oldini olish yoki uni darhol to'lab yuborishdan tashqari, siz yangi buyumlar o'rniga deyarli teng xizmat ko'rsatadigan ishlatilgan buyumlarni xarid qilish orqali mablag'ingizni tejashingiz mumkin. Yangi buyum sotib olishning muammosi shundaki, u darhol o'z qiymatini yo'qotishni boshlaydi. Ya'ni, yangi buyumlar sotib olish mumkin, lekin ularning yangiligi uzoqqa chuzilmaydi. 252 Buyum sotib olinganida u bozor qiymati nuqtai nazaridan darhol «eski» buyumga aylanadi. Eski, yoki zamonaviy til bilan aytganda, ishlatilgan buyumlarni sotib olish katta tejamga imkon beradi. Eski avtomobilga nisbatan yangisini xarid qilish bilan bog'liq xarajatlarni qarab chiqaylik. Masalan, agar yangi Toyota Camry avtomobilini 30 000 yevro atrofida (bu 2019-yilda Toyotalarning, ya'ni Kievdagi eng mashhur avtomobilning o'rtacha narxi bo'lgan) sotib olib, bir yildan keyin uni sotsangiz, siz 18 000 yevrocha, yoki siz to'lagan bahodan 12 000 yevro kam olasiz. Agar siz avtomobilni yigirma ming kilometr haydagan bo'lsangiz, sizning qadrsizlanish yoki amortizatsiya (?) xarajatingiz, ya'ni avtomobil qiymatining siz uchun tushish miqdori har kilometriga 60 sentga teng. Ammo yangi avtomobil o'rniga siz dilerdan bir yilllik eski mashina olishingiz mumkin. Siz 20 000 yevrocha, yoki yangisining narxidan 10 000 yevro kam to'laysiz. Buning ichiga oldingi egasi sotgani uchun 18 000 yevro va reklama, savdo komission to'lovlari kabi «tranzaksion xarajatlar» uchun 2 000 yevro kiradi. Avaylab haydalgan avtomobillar uzoq muddat xizmat qilishini hisobga olsak, siz eski Toyota mashinasidan sakkiz yil bemalol foydalanishingiz mumkin. Undan keyin uni 10 000 yevro atrofida sotib yuborishingiz mumkin. Agar siz yiliga 20 000 kilometr masofa haydasangiz, sizning amortizatsiya xarajatingiz kilometriga 10 000 yevro/160 000 kilometr, yoki atigi 6 sentni tashkil qiladi. Bu har yili yangi mashina haydaganga qaraganda kilometriga 54 sent arzonroq demakdir. Siz yiliga 20 000 kilometr masofa bosasiz deb faraz qilsak, ishlatilgan mashina haydaganda amortizatsiyadan yiliga deyarli o'n bir ming yevro tejaysiz. Shubhasiz, mashina eskirishi bilan uni tuzatish xarajatlari biroz ko'payishi mumkin, ammo yangi mashina hididan voz kechganligingiz ortidan siz har yili katta miqdor tejagan bo'lasiz. Ko'plab boshqa buyumlar eskirganda ham yangidek ishlaydi va odatda yangisidan ancha arzon turadi. Kiyim-kechak, mebel, asbob-uskunalar, tuzatilgan yangi telefon va o'yinchoqlar xayolga keladi. Shuning uchun ochiq bozorlarda yoki ishlatilgan buyumlar do'konida bir oz vaqt ajratganingiz ma'qul. Bozorlik qilishning o'zi ko'ngilni ochadi, buning ustiga u tekin! Vaqt qadrli ekanini hisobga olsak, ishlatilgan buyumlarni topishning boshqa yo'llari ham mavjud. Onlayn ilovalar vaqtni va tranzaksion xarajatlarni qisqartirishning muqobil variantlaridir. Siz barmog'ingiz ostida a'lo holatdagi buyumlarni chakana savdo narxlaridan arzonroqqa topishingiz mumkin. Albatta, ayrim holatlarda tovarning yangisini 253 sotib olish barakaliroq bo'ladi. Biz shunchaki iste'moldan qoniqqanlik darajasini uncha pasaytirmaydigan xaridlardan tejalgan miqdorni hisobga olishingizni tavsiya qilyapmiz xolos. Mablag'laringizdan unumliroq foydalanish yo'llarini izlang. Dunyo yoshlari «yashil», minimalist yoki chiqindisiz hayot tarzi bilan post-iste'molchi madaniyatining imkoniyatlarini o'rganmoqdalar. iFixit, RRUSE.org, makeresourcescount.eu kabi resurslar va ko'plab boshqa Youtube kanallari foydlai buyumlarni tashlab yubormasdan, ularni ta'mirlashga hamda imkoniyat doirasida qiziq va baxtli hayot kechirishga chaqiradi. Agar Internetda «tejamkor yashil hayot» iborasini qidirsangiz, siz ko'plab amaliy resurslarni va yordam berishga tayyor hamfikr shaxslarni topishingiz mumkin. Dunyo shaharlari ham ulashish iqtisodiyotini targ'ib qilishni boshladilar (104) . Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling