James d. Gwartney
Video: Kunlik xarajatlardan pul tejash yo'llari
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mablaglardan oqilona foydalaning
Video:
Kunlik xarajatlardan pul tejash yo'llari AQSHning yetakchi moliyaviy maslahathilaridan biri Deyv Remzi oqilona pul odatini shakllantirishda shaxsiy qiziqishning ahamiyatini ta'kidlaydi. U quyidagini qayd qiladi: «Shaxsiy moliya masalalari bo'yicha ish tajribam davomida shuni bildimki, u hech qanday qiyin fan emas. Shaxsiy moliyaning 80 foizi xulq-atvordan iborat. Qolgan 20 foizi esa bilimdan iborat» (102) . 4-bobni o'qib tugatganingizdan so'ng, siz ushbu bilimga ega bo'lasiz. Siz iste'mol, jamg'arma, qarz va daromad bo'yicha qarorlaringizni moliyaviy barqarorlik va baxtli hayotni ta'minlashga qaratilgan printsiplarga muvofiqlashtirib, ularga rioya qilishga va ularni amalda tatbiq etishga tayyormisiz? Oqilona xarajatlar qilish, mas'uliyatsiz qarzning oldini olish, kutilmagan xarajatlarni hisobga olish, investitsiyadan yaxshi daromad qilish va hayotdagi risklarni kamaytirish bo'yicha batafsil ma'lumotlar 4–12 elementlarda keltirilgan. 246 Mablag'lardan oqilona foydalaning Dam olish turi, kiyim-kechak yoki iste'mol uchun qisqa muddatga yaroqli yoki qiymatini tez yo'qotadigan boshqa tovarlarni xarid qilish uchun qarz olsangiz nima sodir bo'ladi? Ikki yilda ishdan chiqadigan eski avtomobil sotib olish uchun qirq sakkiz oylik kredit olsangiz nima sodir bo'ladi? Bu ikkala savolning javobi bir xil: siz o'zizga va boshqalarga qiymati yo'q yoki kam bo'lgan narsalar uchun tezda kredit to'lovlarini to'lashni boshlaysiz. Ushbu to'lovlar sizni umidsizlikka, alamzadalikka va moliyaviy barqarorsizlikka olib keladi. Aktivni uning yaroqlilik muddatidan uzoqroq muddatga moliyalshtirish sizdan kelajakda siz uchun qiymati yo'q narsaga to'lovni davom ettirishni talab qiladi. Natijada, siz kelajakda o'z iste'molingizni qisqartirishingizga to'g'ri keladi. Bundan tashqari, ushbu strategiya sizning qarzingizni oshiradi va siz kelajakda kambag'alroq bo'lasiz. Bu — moliyaviy falokatga eltuvchi yo'l. Biror shaxs yoki oilaning kreditga biror nima xarid qilishi hech mantiqqa to'g'ri keladimi? Agar siz oladigan narsa uzoq yaroqlilik muddatiga ega bo'lsa va olingan qarz shu tovar eskirib, qiymatini yo'qotganga qadar yopilsa, kamdan-kam hollarda savolga ijobiy javob berish mumkin. Shunda siz olgan narsa haqini undan foydalangan paytingizda to'laysiz. Kamdan-kam xaridlar ushbu me'yorni qoniqtiradi. Xayolga uch yirik xarajatlar toifasi keladi: uy-joy, avtomobil va ta'lim. Agar yaxshi saqlanib-asralsa, yangi yashash joyi qirq yoki ellik yil yaroqli bo'lishi mumkin. Ushbu holatlarda, 30 yillik ipoteka krediti (agar siz uchun mavjud bo'lsa) orqali uy olish mantiqqa to'g'ri keladi. Xuddi shu kabi, agar avtomobil besh yoki olti yil haydashga yaroqli bo'lsa, uni qirq sakkiz oy yoki undan kamroq muddatga moliyalashtirish muammo emas. Uzoq muddatli aktivlar ularni xarid qilishga olingan kredit to'liq to'langandan so'ng ham qo'shimcha daromad olib kelishda yoki qadrli xizmat ko'rsatishda davom etsa, kredit to'lovlarining bir qismi aslida jamg'arma yoki investitsiya hisoblanadi. Bu xonadonni badavlatroq qiladi. Xuddi uy-joy kabi, ta'limga investitsiya ham odatda uzoq Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling