James d. Gwartney


Video: Kunlik xarajatlardan pul tejash yo'llari


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Kunlik xarajatlardan pul tejash yo'llari
AQSHning yetakchi moliyaviy maslahathilaridan biri Deyv Remzi oqilona pul odatini
shakllantirishda shaxsiy qiziqishning ahamiyatini ta'kidlaydi. U quyidagini qayd qiladi:
«Shaxsiy moliya masalalari bo'yicha ish tajribam davomida shuni bildimki, u hech qanday
qiyin fan emas. Shaxsiy moliyaning 80 foizi xulq-atvordan iborat. Qolgan 20 foizi esa
bilimdan iborat»
(102)
. 4-bobni o'qib tugatganingizdan so'ng, siz ushbu bilimga ega bo'lasiz. Siz
iste'mol, jamg'arma, qarz va daromad bo'yicha qarorlaringizni moliyaviy barqarorlik va baxtli
hayotni ta'minlashga qaratilgan printsiplarga muvofiqlashtirib, ularga rioya qilishga va ularni
amalda tatbiq etishga tayyormisiz?
Oqilona xarajatlar qilish, mas'uliyatsiz qarzning oldini olish, kutilmagan xarajatlarni
hisobga olish, investitsiyadan yaxshi daromad qilish va hayotdagi risklarni kamaytirish
bo'yicha batafsil ma'lumotlar 4–12 elementlarda keltirilgan.


246
Mablag'lardan oqilona foydalaning
Dam olish turi, kiyim-kechak yoki iste'mol uchun qisqa muddatga yaroqli yoki qiymatini tez
yo'qotadigan boshqa tovarlarni xarid qilish uchun qarz olsangiz nima sodir bo'ladi? Ikki yilda
ishdan chiqadigan eski avtomobil sotib olish uchun qirq sakkiz oylik kredit olsangiz nima sodir
bo'ladi? Bu ikkala savolning javobi bir xil: siz o'zizga va boshqalarga qiymati yo'q yoki kam
bo'lgan narsalar uchun tezda kredit to'lovlarini to'lashni boshlaysiz. Ushbu to'lovlar sizni
umidsizlikka, alamzadalikka va moliyaviy barqarorsizlikka olib keladi.
Aktivni uning yaroqlilik muddatidan uzoqroq muddatga moliyalshtirish sizdan
kelajakda siz uchun qiymati yo'q narsaga to'lovni davom ettirishni talab qiladi. Natijada, siz
kelajakda o'z iste'molingizni qisqartirishingizga to'g'ri keladi. Bundan tashqari, ushbu
strategiya sizning qarzingizni oshiradi va siz kelajakda kambag'alroq bo'lasiz. Bu — moliyaviy
falokatga eltuvchi yo'l.
Biror shaxs yoki oilaning kreditga biror nima xarid qilishi hech mantiqqa to'g'ri
keladimi? Agar siz oladigan narsa uzoq yaroqlilik muddatiga ega bo'lsa va olingan qarz shu
tovar eskirib, qiymatini yo'qotganga qadar yopilsa, kamdan-kam hollarda savolga ijobiy javob
berish mumkin. Shunda siz olgan narsa haqini undan foydalangan paytingizda to'laysiz.
Kamdan-kam xaridlar ushbu me'yorni qoniqtiradi. Xayolga uch yirik xarajatlar toifasi
keladi: uy-joy, avtomobil va ta'lim. Agar yaxshi saqlanib-asralsa, yangi yashash joyi qirq yoki
ellik yil yaroqli bo'lishi mumkin. Ushbu holatlarda, 30 yillik ipoteka krediti (agar siz uchun
mavjud bo'lsa) orqali uy olish mantiqqa to'g'ri keladi. Xuddi shu kabi, agar avtomobil besh
yoki olti yil haydashga yaroqli bo'lsa, uni qirq sakkiz oy yoki undan kamroq muddatga
moliyalashtirish muammo emas. Uzoq muddatli aktivlar ularni xarid qilishga olingan kredit
to'liq to'langandan so'ng ham qo'shimcha daromad olib kelishda yoki qadrli xizmat ko'rsatishda
davom etsa, kredit to'lovlarining bir qismi aslida jamg'arma yoki investitsiya hisoblanadi. Bu
xonadonni badavlatroq qiladi. Xuddi uy-joy kabi, ta'limga investitsiya ham odatda uzoq

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling