James d. Gwartney


ELEMENT 4.4 Hech narsani uning foydali faoliyat muddatidan uzoqroq muddatga moliyalshtirmang


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

ELEMENT 4.4
Hech narsani uning foydali faoliyat muddatidan uzoqroq muddatga moliyalshtirmang.


247
muddat davomida sof foyda keltiradi. Ta'lim investitsiyasini qarz orqali moliyalashtirgan
yoshlar uning hosilini yuqori daromad ko'rinishida olishlari mumkin. Agar keyingi yigirma
yoki o'ttiz yil ichida yuqoriroq daromadlar olingan kreditni to'liq to'lashga yetarli bo'lsa, ta'lim
uchun investitsiya o'zini oqlagan bo'ladi. Biroq, uning bir-necha risklari ham mavjud: agar
qo'shimcha ta'lim kelajakdagi daromadingizni oshirmasa yoki uni yetarli darajada oshirmasa,
unda olingan kreditni qaytarish haddan tashqari qiyin kechishi mumkin. (Izoh: bu to'g'risida 4-
bob 11-elementda batafsilroq to'xtalamiz).
Ko'p xonadonlar uchun ushbu ko'rsatmalardan kelib chiqadigan xulosa oddiy: uy,
avtomobil va ta'limdan boshqa narsalarni moliyalashtirish uchun kredit olmang.
Mamlakatingizdagi tibbiy sug'urta siyosatiga bo'gliq bo'lgan holda, agar favqulodda holatlar
uchun mablag' yig'ishga vaqtingiz bo'lmagan bo'lsa, albatta, muhim tibbiy xizmat uchun kredit
olish yaxshi fikrdir. Appendektomiya uchun qarzdan foydalanish yaxshi. Yuz terisini torttirish
uchun esa, ehtimol, bu yaxshi fikr emas (agar siz mashhur yuldiz bo'lmasangiz!) Shuningdek,
bular uchun olingan kreditni ushbu aktivlarning yaroqlilik davri tugashidan oldin to'lay
olishingizga ishonch hosil qiling. Bu oddiy ko'rsatma sizni moliyaviy muammolardan uzoq
saqlaydi.
Qarz bilan bog'liq yana bitta xavfli holat bu daromadingiz valyutasidan boshqa
valyutada qarz olishdir. Valyutalarning kurslari kutilmaganda o'zgarishi mumkin.
Masalan, 2000-yillarning boshlarida Polsha, Vengriya, Xorvatiya va Ruminiya kabi
mamlakatlarda ipoteka kreditini Shveytsariya frankida juda past foiz stavkalarida olish imkoni
bo'lgan. Biroq, qarz oluvchilarning aksari daromadlari mahalliy valyutada berilgan.
2008-yildagi moliyaviy inqiroz paytida Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari
valyutalari Shvetsariya frankiga nisbatan qadrsizlandi, frank esa yevro va boshqa valyutalarga
nisbatan qimmatlashdi. Shveytsariya valyuta kursini barqarorlashtirish uchun 2011-yilda uni
yevroga biriktirib qo'yishga harakat qildi. 2015-yilga kelib esa, Shveytsariya valyuta kursini
yevroga biriktirish amaliyotini bekor qiladi va frankning boshqa valyutalarga nisbatan kursi
yana ko'tarilib ketadi.
Har ikkala holatda ham, qarz oluvchilar o'z valyutalaridagi qarzi kutganlaridan ancha
ko'p ekanligidan hayratga tushganlar. Korxona forvard shartnomasi orqali valyuta kursini
ma'lum belgilangan darajada saqlab qolishi mumkin bo'lsada, yakka shaxslar bunday


248
shartnomalardan foydalana olmasligi mumkin. Xunuk kutilmagan hodisalarning oldini olish
uchun xarajatlaringiz majburiyati bilan bog'liq valyutani daromadingiz valyutasi bilan moslash
kerak.


249

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling