James d. Gwartney


Puldan unumli foydalanishning ikki


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Puldan unumli foydalanishning ikki
yo'li
Ko'pchiligimiz bugungi ne'matlardan voz kechmasdan, kelajakda badavlatroq bo'lishni
istaymiz. Ko'p odamlar, jumladan daromadi o'rtacha daromad darajasidan yuqori aholi, ushbu
maqsadga erishishda ikkita xatoga yo'l qo'yadi. Birinchisi, qurbi yetmasa ham ba'zi narsalarni
qarz olib xarid qiladilar. Ikkinchidan, eskisi xizmatga yaroqli va ancha arzon bo'lsa ham, yangi
narsa sotib olishga harakat qiladilar.
Kredit kartalaridan
(?)
mas'uliyatsizlik bilan foydalanish moliyaviy muvaffaqiyatga
katta to'siq bo'lishi mumkin. Garchi ko'p odamlar kredit kartalaridan ehtiyotlik bilan
foydalansalarda, ayrimlar kredit kartadagi foydalanilmagan balans qoldig'iga xuddi bankdagi
mablag' kabi qaraydilar. Bu o'ta xato va xavfli fikr. Kredit kartadagi foydalanilmagan balans
qoldig'i qo'shimcha qarz olish qobiliyati borligini bildiradi, xolos. Agar joriy hisob
raqamingizda
(?)
mablag' bo'lsa, siz undan kredit kartadagi qarz qoldig'ini har oy to'lab borish
orqali foydalanishingiz mumkin. Agar hisob raqamingizda yetarli mablag' bo'lmasa, unda
xaridni amalga oshirmang.
Kredit kartalari va ularning elektron analoglari (jumladan, PayPal yoki Yandex Money)
foydalanishga qulay bo'lsada, shuningdek, ular qarz olishning maftunkor va qimmat uslubidir.
Kredit kartalari qarz olishni osonlashtirgani bois, ularda potensial xavf bor. Agar kartalarida
ishlatilmagan qoldiq bo'lsa, ba'zilar uni xarajat qilish ishtiyoqlarini boshqara
olmaydilar
(103)
. Agar sizda ham shunday muammo bo'lsa, uni bartaraf etishga tezda kirishing!
Qo'lingizga qaychi olib, barcha kredit kartalaringizni kesib tashlang. Agar shunday
qilmasangiz, ular moliyaviy omadsizlikka olib boradi.
Kredit kartalari bilan xarid qilganda xuddi o'z mablag'ingiz hisobiga ko'proq sotib
olgandek tuyuladi, lekin qarzni to'lash bo'yicha hisob doimo oyning oxirida keladi. Lekin bu

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling